Breaking News

2022-yilda dunyoda matbuot erkinligi bilan bog'liq ahvol keskin yomonlashdi


COVID-19 pandemiyasi bilan bog’liq cheklovlar yumshashi bilan 2022-yilda nafaqat siyosiy jarayonlar va mojarolar jadallashdi, balki ularni yoritayotgan jurnalistlar orasida hibsga olishlar va o’lim hollari ham ko’paydi.

Xalqaro hayot - 23-dekabr, 2022-yil
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:10:15 0:00

Meksikadagi zo’ravonliklar, Ukraina urushi, matbuotni bo’g’ishga qaratiglan repressiv qonunlar, Erondagi namoyishlar, Isroilning G’arbiy Sohildagi reydlari muxbirlar ozodligi va hayotiga tahdid solgan voqealarning bir nechtasi xolos.

Jurnalistlar himoyasi bilan shug’ullanuvchi tashkilotlarga ko’ra, 2022-yilda matbuot erkinligi ancha pasaygan.

“Joriy yilda dunyo bo’ylab hibsga yoki garovga olingan, o’ldirilgan muxbirlar soni keskin oshdi”, - deydi “Chegara bilmas muxbirlar” tashkilotidan Kleyton Vaymers.

Tashkiloti hisobicha, bu yili 533 ta muxbir hibsga olingan, 57 nafari o’ldirilgan. Jurnalistlar uchun eng xavfli mamlakatlar Meksika, Ukraina va Gaiti bo’ldi.

Rossiyaning Ukrainadagi urushi repressiv qonunlarning qabul qilinishiga olib keldi, ular esa o’z navbatida mojaroning bir tomonlama yoritilishiga sabab bo’ldi. Xolis ishlashga o’rgangan matbuot organlari faoliyatini to’xtatishga majbur bo’ldi.

Meksikada urush bo’layotgan bo’lsa-da, bu mamlakat azaldan muxbirlar uchun xavfli joy hisoblanadi. Jurnalistlar siyosiy zo’ravonliklar, narkokartellar zo’ravonliklari qurbonlaridir.

“Jurnalist nishonga olinganda nafaqat uning o’zi nobud bo’ladi, balki u yoritayotgan voqea, jurnalistik tergovlar nishonga olinadi, jamoatchilikka yetkazilmay qolib ketadi. Qo’rquv va senzuraning ta’siri o’ta kuchli”, - deydi Londonda joylashgan “19-modda” tashkilotidan Paula Sosedo.

Xitoy matbuotni senzura qilishda yetakchi mamlakatlardan biri bo’lib qolmoqda. Amaliyot Gonkongga ham tarqalgan. Tahlilchilar “Apple Daily” kundalik tabloidining asoschisi Jimmi Layga qarshi sud jarayonini saboq deya ko’rmoqda.

“Milliy xavfsizlikka bog’lanayotgan bu ishlardan saboq shuki, Jimmi Laydek taniqli va badavlat inson boshiga tushgan savdo har qanday odamning boshiga tushishi mumkin”, - deydi Gonkong xorijiy muxbirlar klubining a’zosi Kit Richburg.

Afg’onistonda hokimiyatga Tolibon kelishi bilan jurnalistlarning ishi qiyinlashdi, toliblar “Amerika Ovozi”ning radioefirlarini man qildi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG