Breaking News

"Chegara bilmas muxbirlar" yillik mukofoti bu yil kimga nasib etadi?


"Chegara bilmas muxbirlar" - Fransiyada asoslangan xalqaro tashkilot, xayriya evaziga ishlaydi
"Chegara bilmas muxbirlar" - Fransiyada asoslangan xalqaro tashkilot, xayriya evaziga ishlaydi

Parijda asoslangan "Chegara bilmas muxbirlar" tashkiloti 30-yillik mukofoti uchun 15 jurnalist va axborot vositasi ko'rib chiqilayotganini e'lon qildi. Taqdimot marosimi 12-dekabr kuni Fransiya poytaxtida o'tadi.

"Tashkilotimiz sovrinlari jurnalistika tamoyillarini eng yuksak darajada aks ettirgan insonlarga beriladi. Raqamli texnologiya asrida jurnalistika tinimsiz sinovda, ammo jasorat va mustaqillik hamon qadrlanadi, ta'sirchan materiallarga talab o'sha-o'sha", - deydi Kristof Delua, "Chegara bilmas muxbirlar" rahbari.

Tadbirda 2021-yilda Nobel mukofoti sohibi bo'lgan rossiyalik jurnalist Dmitriy Muratov qatnashishi kutilmoqda.

Uch sovrindor tashkilot mukofotlarinig laureatlati turkiyalik Jan Dundar, misrlik jurnalist Lina Attala va maltalik jurnalist Metyu Karuana Galiziya tomonidan taqdim etiladi.

Jami 15 nomzod muhokamada: jasorat uchun mukofotga besh kishi, mustaqil jurnalistika uchun mukofotga besh kishi va jurnalistik ta'sir uchun mukofotga besh kishi.

Ular Xitoy, Eron, Ukraina, Afg'oniston, Myanma, Mali, Braziya, Gretsiya, Filippin, Marokash, Hindiston, Yaman, Nikaragua va Qirg'izistondan.

Qirg'izistonlik nomzod Bolot Temirov mamlakatida korrupsiya hollarini yoritib tanilgan va tazyiqqa uchragan.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG