Breaking News

Texasdagi to'fondan moliyaviy zarar katta


A man tears out Hurricane Harvey flood damage from a home in southwestern Houston, Texas, Sept. 2, 2017.
A man tears out Hurricane Harvey flood damage from a home in southwestern Houston, Texas, Sept. 2, 2017.

“Xarvi” to’foni va undan keyingi suv toshqinlaridan vayron bo’lgan Xyuston shahri tozalanib, qayta tiklanmoqda. Moliyaviy zarar katta.

Texas shtatidagi tabiiy ofatdan moliyaviy zarar katta
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:02:29 0:00

Valeri Fam endigina uy olib to’fondan atigi 2 oy oldin ko’chib kirgan edi. U suv toshqini sug’urtasini olmagan. Bor mulkidan ayrilib moliyaviy yordamga muhtoj bo'lib o'tiribdi.

“Kiyimlarim hali ham qutilarda, ho’l, dabdala. Ularni yuvib quritishga 100 dollar sarfladik”, - deydi u.

To’fondan aziyat chekkanlar juda ko'p. Ofatning Xyustondagi kichik bizneslarga ta’siri ham kam bo’lmadi.

“Arvoh shaharga o'xshab qoldik, hech kim yo’q. Ko’chada ovqatlanish yaxshi dam aslida lekin odamlarda kayfiyat yo’q”, - deydi dengiz taomlari restorani egasi Dog Ngo.

Uning yonginasidagi do’kon va yoqilg’i quyish shahobchasi Sam Aliniki. Lekin hozircha yoqilg’i yo’q.

“Yoqilg’i quyish bahonasida kelgan xaridor do’kondan oziq-ovqat ham oladi. Yoqilg’i bo’lmasa xaridor ham yo’q”, - deydi u.

Atrofdagi oziq-ovqat do’konlarida sut va suv mahsulotlari ham tanqis.

“Hamma narsa, transport ham muammo. Do’konimizga hech narsa yetib kemayapti. Kamida bir haftadan beri shu ahvol. Omborxonalar suv tagida qolgan”, - deydi Sam Ali.

Alining doimiy xaridorlaridan biri Neftali Esperanza ham to’fon tufayli moliyaviy inqirozda. Neftalining ikki farzandi bor.

“Besh kundan beri ishga chiqolmadim. Ish ham daromad ham yo’q”, - deydi u.

Bunday kichik shirkatlar moliyaviy ahvolini tiklab olguncha biroz vaqt kerak.

“Qancha zarar ko'rganimizni hali bilmaymiz. Ahvolimiz yomonmas deb umid qilamiz”, - deydi Dog Ngo.

“Achinarli albatta. Lekin nima bo’lganda ham hammasini boshqatdan boshlab, davom etishim kerak”, - deydi moliyaviy yordamga umid bog'lab uyini tozalab olayotgan Fam.

Xyuston ahli shu bilan bu yilgi to'fon va suv toshqinlaridan qutuldik, degan umidda.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG