Breaking News

Texasda dovul bilan yuzlashganlar orasida o'zbekistonliklar ham bor


Gulnoza Dolimbek
Gulnoza Dolimbek

AQShning Texas shtati to'rt kundan beri tabiiy ofat bilan kurashmoqda. To'fon edi, dovulga aylandi, keyin esa region suv toshqinlariga tutildi.

Texasdagi tabiiy ofat va u yerdagi o'zbekistonliklar
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:07:46 0:00

Bugungacha uch yarim mingdan ortiq odam vertolyotlarda evakuatsiya qilingan. Jabr ko’rganlar shifoxonalarga tashilmoqda. Bu shifoxonalardan birida o’zbekistonlik Gulnoz Dolimbek ham uch kundan beri tinimsiz ishda.

“Amerika Ovozi” Texasdagi o’zbekistonliklar bilan bog’lanishga uringanida Xyuston shahridagi Memorial Xerman shifoxonasida dovuldan jarohatlanganlarga favqulodda xizmat ko'rsatayotganlar orasida o’zbeklar ham bor ekanini aniqladi.

Gulnoza Dolimbek band ekan, turmush o'rtog'i Behzod Dolimbek bilan gaplashdik. U kimyo va molekulyar ummunologiya bo'yicha ilmiy tadqiqotchi.

Dovul yana ikki kun davom etishi kutilmoqda. AQsh rahbari Donald Tramp tabiiy ofatdan qaqshagan shtatga borib, ulkan yordam va'da qildi. Uning aytishicha, vaziyat nazorat ostida.

“Xarvi” tropik dovuli hozirgacha sakkiz ming aholini boshpanasiz qoldirgan.
Xyuston shahrining boshqa bir qismida yashayotgan o’zbekistonlik bokschi Bahodir Mamajonov boshida yaqinlashayotgan tabiiy ofatga befarq bo'lganini aytdi.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG