AQSh bosh diplomati Jon Kerri Iroqqa tashrif buyurdi. U mamlakatda rasmiylar bilan xavfsizlik borasida yuzaga kelgan muammolarni muhokama qildi. So'nggi haftalarda "Iroq va Shom islomiy davlati" guruhi jangarilari Iroqning qator shaharlarini egallab olgan. Ular poytaxt Bag'dodga yurish qilish niyatida.