Breaking News

BMT delegatsiyasi Erondan quruq qaytdi


Delegatsiya yetakchisi Xerman Nakerts “Eron yadro dasturining harbiy maqsadlari haqida gaplashishga, ilmiy tadqiqotlar kechayotgan markazga kirishga harakat qildik" deydi.
Delegatsiya yetakchisi Xerman Nakerts “Eron yadro dasturining harbiy maqsadlari haqida gaplashishga, ilmiy tadqiqotlar kechayotgan markazga kirishga harakat qildik" deydi.

BMT Atom energiya boshqarmasi delegatsiyasining Eronga ikki kunlik safari natijasiz yakunlangan. Ekspertlar yadroviy ob’yektlarga kiritilmay, Tehron bilan kelisha olmagan. Delegatsiya yetakchisi Xerman Nakerts muzokaradan hafsalamiz pir bo’ldi, deydi.

“Eron yadro dasturining harbiy maqsadlari haqida gaplashishga, ilmiy tadqiqotlar kechayotgan markazga kirishga harakat qildik, lekin bari zoye ketdi”, - deydi u.

BMT Atom energiya agentligi taxminicha, Tehron yaqinidagi Parchin majmuasida maxfiy yadroviy sinovlar olib borilmoqda. Eron rahbariyati dastur faqat tinch maqsadni ko’zlashini aytib, hududga hech kimni yo’latmayapti.

Eron Oliy diniy rahnamosi Oyatulla Ali Xamenei uranni boyitishda davom etamiz, ommaviy qirg’in quroli yaratish xayolimizga kelgani yo’q, deydi. Xalqaro hamjamiyat bosimidan qo’rmaymiz, deydi pehvo.

Isroil va G’arb bu davlatni aynan yadro quroli ustida ishlayotganlikda ayblaydi. Oq uy matbuot kotibi Jey Karni Eronga nisbatan diplomatik choralari va sanksiyalar samara berishi uchun biro z vaqt kerak va qurol ishlatishga shoshmaslik lozim.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG