Breaking News

Arab dunyosidagi namoyishlarni yoritib, jabr ko’rayotgan jurnalistlar


Arab dunyosidagi namoyishlarni yoritib, jabr ko’rayotgan jurnalistlar
Arab dunyosidagi namoyishlarni yoritib, jabr ko’rayotgan jurnalistlar

Arab dunyosida bir yildan beri davom etayotgan qo’zg’olonlarni yoritishga harakat qilayotib, o’ldirilgan, ushlangan va hujumga uchragan jurnalistlar soni oshib bormoqda.

11-yanvar kuni Suriyaning Hims shahrida “France 2” telekanali muxbiri Jil Jakye (Gilles Jacquier) snaryad portlashidan halok bo’lgan.

Fransiyada asoslangan “Chegara Bilmas Muxbirlar” tashkilotiga ko’ra, Yaqin Sharq jurnalistlar uchun eng xavfli mintaqa.

Suriyada isyon 10 oydan beri davom etayotgan bo’lsa, Jil Jakye – u yerda halok bo’lgan ilk G’arb jurnalisti. Fransiya hukumati voqeani izchil tergov qilishni so’ragan.

"Fransiya-2" telekanali muxbiri Jil Jakye
"Fransiya-2" telekanali muxbiri Jil Jakye

44-yoshli Jil Jakye Suriya hukumatining ruxsati bilan, hamkasblari qatori viza olib Hims shahriga borgan edi. Snaryad kelib tushgan payt videokamerasi bilan namoyishchilar orasida bo’lgan.

Hamkasblari uni jasoratli, axborot yig’ish uchun xavf-xatardan qochmaydigan haqiqiy professional edi, deb eslaydi. Urush zonalarida, Iroq, Afg’oniston, Kongo va Bolqonda ishlagan.

“Chegara Bilmas Muxbirlar” tashkiloti ma’lumotiga qaraganda, o’tgan yili Yaqin Sharq mamlakatlarida 20 muxbir o’lgan, 553 nafari hujum va ta’qiblarga uchragan.

Tashkilot vakili Soazig Doletning qayd etishicha, fuqaro bosh ko’targan barcha arab davlatlarida hukumatlarning ilk javobi – axborot oqimini cheklash bo’ldi.

Arab dunyosidagi namoyishlarni yoritib, jabr ko’rayotgan jurnalistlar
Arab dunyosidagi namoyishlarni yoritib, jabr ko’rayotgan jurnalistlar

“Namoyishlarni bosti-bosti qilishga, ularda qatnashayotganlarni va jurnalistlarni qo’rqitishga harakat qilishdi”, - deydi u.

Jil Jakye – Suriyada axborot yig’ayotib halok bo’lgan to’rtinchi muxbir. “Chegara Bilmas Muxbirlar” tekshiruvga chaqirmoqda.

“Xorijiy jurnalistlarga Suriyaga bormang demaymiz, chunki u yerda nimalar bo’layotganini dunyo hamjamiyati bilishi kerak. Xavfli deb u yerga bormaslik faqat hukumatga qo’l keladi. Suriyadan xolis axborot olishning yagona yo’li - xorijiy muxbirlar”, - deydi “Chegara Bilmas Muxbirlar” vakili.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG