Breaking News

"Jurnalistlarni ta'qibga olayotganlar - demokratiya dushmanlari"


"Jurnalistlarni ta'qibga olayotganlar - demokratiya dushmanlari"
"Jurnalistlarni ta'qibga olayotganlar - demokratiya dushmanlari"

Markaziy Osiyoda matbuot erkinligi haqida so’z borganda Tojikistonda so’nggi yillarda ijobiy qadamlar tashlangani seziladi. Lekin kuzatuvchilarga ko’ra, respublikada ommaviy axborot vositalari (OAV) va jurnalistlarga bosim kuchaygan.

Тоjikiston OAV da xizmat qilayotgan ko’plab tojik jurnalistlari o’zlariga bosim va ta’qib mavjudligini e’tirof etishadi. Ularning aytishlaricha, rahbarlarga yoqmagan mavzuga qo’l urmagan ma’qul.

“Bo’lmasa, ish chatoq bo’ladi”,- deydi bir muxbir.

Mahalliy o’zbek jurnalistlari "hozir bu mavzuga qo’shilmaganimiz yaxhsi, bizni tinch qo’ying" deyishadi.

"Jurnalistlarni ta'qibga olayotganlar - demokratiya dushmanlari"
"Jurnalistlarni ta'qibga olayotganlar - demokratiya dushmanlari"

Mustaqil “Aziya” teleraradiompaniyasi rahbari Xurshed O’lmasovning aytishicha, jurnalistlar ta’qibini tashkil etuvchilar demokratiyaga qarshi insonlardir.

“Bunday ishlarni tashkil tashkil qiluvchi va jurnalistlarni ta’qib qiluvchi shaxslar aziz Tojikistonimiz ozodligi, xalq demoratiyasiga zid xizmat qilmoqda. Jurnalistlarga bosim va ta’qib yoshlar shijoatini so’ndiradi, kelajakka ishonchini o’ldiradi, erkin fikrni bo’g’adi. Bunday yo’lni tanlaganlar, aytish mumkinki, demokratiyaga qarshi insonlardir.”

Yosh tojik jurnalisti Abduqodir Jeloniy fikricha, keyingi bir yil orasida Tojikistondagi “Nuri zindagi” gazetasining muxbiri Muhammadyusuf Ismoilov va "Bi-Bi-Si" radiosining respublikadagi o’zbek muxbiri O’rinboy Usmonov singari tajribali jurnalistlarning hibs qilinishi va mahkamaga tortilishi jurnalistikaga chaplangan qora do’g bo'ldi.

"Jurnalistlarni ta'qibga olayotganlar - demokratiya dushmanlari"
"Jurnalistlarni ta'qibga olayotganlar - demokratiya dushmanlari"

“Yoshlar o’z orzu-umidlari, harakat va kuchlarini, qobiliyatlarini ko’rsatishdan mahrum bo’lmoqda”,- deydi Jeloniy.

Ba’zilar esa Tojikistonda jurnalistlarga bosim va ta’qib yo’q deydi.

Buning ehtimoli bor xolos, deya hisoblaydi ular, jurnalistlarning o’zi hukumatni shunday yo’l tutishga majbur qiladi.

“Chunki, jurnalistlar mumkin bo’lmagan mavzuga qo’l ursalar, javobgarlik ehtimoli tug’iladi”,- deydi bir ziyoli, o'z ism-sharifi aytilmasligini so'rar ekan.

Huquqshunos Baxtiyor Nasrulloyev bunday fikrga qo’shilmaydi.

Uning aytishicha, “ta’qib ehtimoli, ehtimollik emas, haqiqatdir”.

“Jurnalistlar o’zlari istagan maqola chop etilsa ta’qibga ushrashlarini aniq bilishadi. Bunday holat jamiyatda qo’rquv va norozilikni kuchaytiradi. Matbuotga bosim xoh – noxoh, shunday sharoitni yuzaga keltiradi”,- deydi u.

"Jurnalistlarni ta'qibga olayotganlar - demokratiya dushmanlari"
"Jurnalistlarni ta'qibga olayotganlar - demokratiya dushmanlari"

Jurnalist Mahmudjon Dadaboyevning aytishicha, statistik ma’lumotlarga qaraganda, republikada jurnalistlarning huquqlari buzilishi holatlari yil sayin ortib bormoqda.

Xulosaga ko’ra, Tojikistonda mustaqil OAV yoki jurnalistlar huquqining buzilish holatlari keyingi bir yil orasida 10 marotaba qayd etilgan.

“Muhammadyusuf Ismolov tuhmat, O’rinboy Usmonov ekstremistik guruhlarga aloqadorlik aybi bilan mahkamaga tortilmoqda. Afsuski, bunday holatlar ko’payib bormoqda. Jamiyatimizda jurnalistlarga bunday munosabat davom etarkan, respublikada ustuvor demokratiya o’rnatilishiga ishonish qiyin”,- deydi Dadaboyev.

Xurshed O’lmasovning aytishicha, Tojikistonda jurnalistdan ayb topilmagan taqdirda, ularni ko’chada shunchaki kaltaklab ketishlari ham mumkin.

“Demokratik jamiyatda jurnalistning kaltaklanishi, bu ishga qo’l urganlarning aslida zaifligidan dalolat beradi”,- deydi u.

Shu mavzuda

XS
SM
MD
LG