Breaking News

AQSh: Qirg'iziston hukumati qiynoqlarga yo'l qo'ymasligi kerak


AQSh: Qirg'iziston hukumati qiynoqlarga yo'l qo'ymasligi kerak
AQSh: Qirg'iziston hukumati qiynoqlarga yo'l qo'ymasligi kerak

Inson huquqlari himoyachilaridan olingan ma'lumotlarga ko'ra, Qirg'iziston huquq-tartibot organlarida qiynoqqa solish amaliyoti kengaygan.

AQShning Bishkekdagi elchixonasi bu borada xavotir bildirmoqda.

"Qirg'iziston BMTning qiynoqlarga qarshi konvensiyasiga a'zo. Shunday ekan, davlat qiynoqlarning oldini olish majburiyatini bajarishi kerak",- deyiladi elchixona bayonotida.

Amerika tomon aybdorlarni jazolashga chaqirmoqda.

Huquq faollarining aytishicha, Qirg'iziston janubida qirg'iz millatiga mansub militsionerlar, tergovchilar va adliya xodimlari o'tgan yil yozida bo'lgan zo'ravonliklarda asosan o'zbeklarni ayblab, ba'zilarini qiynoqqa solmoqda.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG