Rasmiylarning aytishicha, O’shda qurilish ishlari deyarli nihoyasiga yetib bo’lgan. Asosan, ikki-uch xonali imoratlar.
Oilasida kamida besh-olti kishi bo’lgan o’shliklar yangi binolarda qanday kun ko’rmoqda?
Qishning sovug’ida chiroq, issiqlik, yegulik kabi kam-ko’st haqida shahar ahli nima deydi? “Amerika Ovozi” o'shliklarni suhbatda tortdi.