Breaking News

O’zbekistonliklarning Qirg’izistonga o’tishi yana murakkablashdi


O’zbek-qirg’iz chegarasi: Fuqarolar nimadan norozi?
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:03:29 0:00

Oʻzbekistondan “Doʻstlik” xalqaro chegara punkti orqali Qirgʻizistonga oʻtayotganlar soni keskin kamaydi. Avvallari kuniga 18 000 nafargacha yoʻlovchilar mazkur chegarani kesib oʻtsa, hozirda ularning soni 5000 nafargacha ozaygan.

Bunga sabab joriy yilning 26-sentabridan boshlab xorijliklarning Qirgʻiziston chegarasidan oʻtish algoritmiga kiritilgan oʻzgartirishlar sabab boʻlsa kerak, deydi “Dostuk” avto-yoʻl nazorat oʻtkazish punktining yetakchisi Subatay Ismanaliyev.

Qirgʻiziston va qoʻshni davlatlarda koronavirus yuqtirish holatlarining qayta koʻpaya boshlashi sababli ishlab chiqilgan yangi algoritmga koʻra, endi Qirgʻizistonga kirmoqchi boʻlgan boshqa davlat fuqarolaridan shaxsini tasdiqlovchi hujjatdan tashqari negativ COVID testi talab qilinadi. Test natijalari 72 soat, yaʼni 3 sutka ichida yaroqli hisoblanadi.

Namangandan O’shga kirib kelgan Salohiddin Mamadaliyev chegaradan o’tish uchun talab qilingan koronavirus yuqmagani to’g’risidagi ma’lumotnomani O’zbekistondagi laboratoriyalardan biridan olgan. U shu hujjat asosida hech qanday muammosiz Qirg’izistonga o’tganini aytdi.

“Men bunaqa tez bo’ladi deb, o’ylamagan edim. Ma’lumotnomani ikki davlat chegarachilari ham tekshirdi. Ammo juda tez o’tdim”, - deydi u.

Ammo talab qilinayotgan maʼlumotnomani olish oson kechmayapti, deydi oʻzbekistonlik yoʻlovchilar.

O’shdagi universitetlardan birida tahsil oluvchi qoʻqonlik Bahodir Usmonaliyevning aytishicha, ma’lumotnoma olishni istaganlar navbati juda katta.

“Talab qilingan hujjatni olish uchun Andijondagi laboratoriyaga bordim. Bitta shu yerda ma’lumotnoma beryapti ekan. Navbat kutganlar juda ko’p. 500 nafardan ortiq odam kutyapti. 2-3 kunda tahlil natijasi chiqadi deyapti. Tahlil narxi 250 ming so’m ekan. Lekin agar 300 ming so’m bersangiz 2-3 soat ichida sizga ma’lumotnomani chiqarib berarkan. Men shunday qilib oldim”, - deydi Bahodir.

Namanganlik Salima Umirova ham koronavirusga chalinmaganini tasdiqlovchi hujjatni olish uchun bir kun Andijonda qolib ketgan.

“U yerdagilarning muomalasi juda qo’pol. Buning ustiga koronavirusga chalinganlar bilan aralash turishga majbur bo’ldik”, - deya shikoyat qiladi u.

Oʻzbekistonga kirmoqchi boʻlgan qirgʻizistonliklardan maʼlumotnoma talab qilinmaydi. Faqatgina ular Qirgʻizistonga qaytib kirishdan avval chegara hududining oʻzida tezkor test topshiradi. Sanitariya epidemiologiya nazorati markazining rasmiysi Mamarasul Oʻmurzaqovning aytishicha, ekspress-testning natijasi 10 daqiqada chiqadi.

“Ekspress-test bepul oʻtkazilmoqda. Test natijasiga koʻra, ular oʻtkazib yuboriladi. Agar fuqaroda koronavirus kasaliga gumon paydo boʻlsa, tez yordam mashinasi bilan olib ketilib, PZR-testini topshiradi. Qolgan algoritmlar natijaga koʻra boʻladi”, - deydi O’murzaqov.

Mart oyida koronavirus pandemiyasi sabab yopilgan O’zbekiston-Qirg’iziston chegaralari 2-sentabrda qayta ochilgan edi.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG