Breaking News

Livanni qaqshatgan xurujlar kimning ishi ekani noaniq


BMT kecha Livanni qaqshatgan portlashlarni qoralamoqda. 42 kishi o’lgan, 500 dan ziyod odam jarohatlangan.

Tripoli shahrining bir necha qismiga bomba qo’yilgan. Juma namozi ketidan yuz bergan portlashlar diniy nizolar iskanjasida yashaydigan bu jamiyatni yanada titratib yubordi.

BMT Xavfsizlik Kengashi shia va sunniy mazhabidagi musulmonlarni hamda mamlakatda katta sonni tashkil etuvchi nasroniylarni birdamlikka va hissiyotlarga berilmaslikka undamoqda.

Xurujlar kimning ishi ekani noaniq. Qonli hujumlar ro’y berganida Livanda ko’p hollarda Hizbulloh jangari guruhi, shia harakat, gumon qilinadi. Lekin bu to’da kechagi portlashlarni uyushtirganlarga lan’atlar aytib, bomba qo’yganlar diniy mojarolarni avj oldirmoqchi, deya bayonot chiqargan.

Tripolidagi sunniy musulmonlar qo’shni davlat Suriyada prezident Bashar al-Assadga qarshi qo’zg’olonni quvvatlab keladi. Lekin shahardagi alaviylar o’z vakillari bo’lgan Assad tarafdori. Orada bir necha bor qonli to’qnashuvlar kuzatilgan.

O’tgan hafta Livanning Rivoys degan shaharchasida Hizbullohni dushman deb biluvchi Oysha brigadasi bomba hujumi qilgan edi. 22 kishi nobud bo’lgan.

"Amerika Ovozi" xabarlari, 24-avgust, 2013
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:05:41 0:00
Yuklab oling
  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG