Breaking News

"Arvohlar shahri", fuqaro jurnalistlar haqida film


"Arvohlar shahri"
Iltimos, kuting...
Embed

No media source currently available

0:00 0:03:07 0:00

“Arvohlar shahri” nomli hujjatli film “Islomiy davlat” ekstremistik to’dasining vahshiyliklarini ijtimoiy tarmoqlarda fosh etayotgan fuqaro jurnalistlar haqida hikoya qiladi.

Ular faoliyatini yashirin tarzda olib boradi. “Islomiy davlat”ga qarshi turgan oddiy suriyaliklar.

“Arvohlar shahri” filmida “Raqqadagi qirongarchilik” degan guruh ishi bilan tanishasiz. Uning a’zolari bu shahardagi hayotni, jinoyatlarni zimdan tasvirga tushirib, internetda chop etib boradi.

Ularning faoliyati Jurnalistlarni himoya qilish qo’mitasi olqishiga sazovor bo’lgan. Qamaldagi shahardan tasvirlar hamda video materiallar chiqayotgani jangarilar g’azabini ham qo’zg’ayapti.

Abdul Aziz al-Hamza “Raqqadagi qirongarchilik” kampaniyasini boshqaradi. O’zi shu shaharda tug’ilgan. Hayotimiz xavf ostida ekanini bilamiz, deydi u.

“Islomiy davlat”ni yo’q qilish bilan ish bitmaydi. Biz ularning mafkurasiga qarshi kurashyapmiz. Bu guruh faqat Suriya va Iroqda deb o’ylasangiz xato qilasiz. Yevropa, AQSh va Osiyoda ham a’zolari bor. Muhimi, ideologiyani yo’q qilish”, - deydi al-Hamza.

Film rejissyori Metyu Xaynmen “Raqqadagi qirongarchilik” veb sahifasini yurituvchi shaxslarni qidirib, Turkiya va Germaniyaga bordi.

“Harakat boshida turgan insonlar shular. Ularning hayoti har kuni xavf ostida. Raqqada hamkorlari, oila a’zolari bor. Ulardan informatsiya olishadi”, - deydi rejissyor.

Al-Hamza ertaga nima bo’lishini bilmaymiz, deydi. Lekin DAIShga qarshi kurashda yuzini yashirishni istamaydi.

“Kimligimizni ko’rsatish muhim. Kampaniyani boshlaganimizda bizni hukumatning odamlari, hukumat tuzgan tashkilot deyishardi. Yo’q, biz shunchaki Raqqada tug’ilgan insonlarmiz”, - deydi suhbatdosh.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG