Breaking News

Malala Yusufzoy haqida yangi hujjatli film


A supporter of the opposition National Super Alliance (NASA) wears oranges during a protest calling for the sacking of election board officials involved in August's cancelled presidential vote, in Nairobi, Kenya.
A supporter of the opposition National Super Alliance (NASA) wears oranges during a protest calling for the sacking of election board officials involved in August's cancelled presidential vote, in Nairobi, Kenya.

“U meni Malala deb atadi”. Devis Guggenhaymning shu nomli yangi hujjatli filmi 18 yoshli Malala Yusufzoy haqida. Pokistonlik qiz 2012-yilda Tolibonning qizlar maktabga bormasin, degan buyrug’iga qarshi chiqqani uchun boshidan o’q yegan edi. Omon qolgan Malala shafqatsiz zo’ravonlik qurboni emas, balki global siymoga aylandi. U qizlarning o’qish va ta’lim olish huquqi uchun kurashmoqda.

Malala Yusufzoy haqida yangi hujjatli film - Navbahor Imamova
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:03:35 0:00

2012-yilning 9-oktabr kuni Pokistonda Malala Yusufzoy maktabidan chiqib, uyiga ketayotganida nishonga olingan. Uning “aybi” - o'qishga borgani. Mamlakatning Svot vodiysida hukmron Tolibon qizlarning maktabga borishini man qilgan edi. Malala og'ir jarohat olib, uzoq davr mobaynida davolandi. Omon qoldi. Bugun u ilgarigidan ham kuchliroq.

“Boshimning chap tarafidan o’q yedim. Bu bilan ovozi o’chadi, deganlar xato qildi. Men o’sha-o’sha Malalaman!” - deydi Malala.

Uning irodasi manbaini tushunish uchun Devis Guggenhaym bu qizning oila a’zolari, ayniqsa Malalaning otasi bilan munosabatlarini o’rgandi.

“U kichkinaligida uyimizga doim do’stlarim mehmonga kelardi. Siyosat haqida gaplashardik, inson huquqlarini muhokama qilardik. Qizim yonimda o’tirardi,” – deydi Ziyovuddin Yusufzoy.

“Yoshligimdan otamga quloq tutganman. Nima deyayotgani, qanday gapirayotgani qiziq edi”, - eslaydi Malalaning o’zi.

Devis Guggenhaymning hikoya qilishicha, qizaloq dunyoga kelganida otasi unga Malala, 19-asr afg’on qahramoni ismini qo’ygan.

“Mayvandlik Malala o'z fikrini gapirgan. Britaniya Afg’onistonga bostirib kirganida u afg’on askarlarini bosqinchilarga qarshi ko’tardi. Bizning Malala uchun u qahramon - ilhom manbai”, - deydi Guggenhaym.

Malala otasi Ziyovuddin Yusufzoy bilan
Malala otasi Ziyovuddin Yusufzoy bilan

Qizi jarohatlanganida otasi uni bunday mustaqil va hurfikr qilib tarbiyalaganidan pushaymon bo’ldi. Ammo Malala bunga qo’shilmaydi.

“Otam menga Malala ismini berdi, lekin meni Malalaga aylantirmadi”, - deydi u.

"Men o’limni emas, hayotni tanladim".

Svot vodiysida yashaydigan boshqa qizlardan farqim yo’q, deydi u kamtarlik bilan.

“Men oddiy qizman. Lekin oddiy otam, oddiy onam, an’anaviy qarashlarga ega oilam bo’lganida bugun ikki farzandli ayol bo’lardim”, - deydi u.

Jarohatning bitishi, qizning sog’ayishi ancha vaqt oldi. So’ngra Malala qizlarning ta’lim olish huquqi uchun kurashga o’zini bag’ishladi.

“Malala dunyo liderlari bilan gaplashadi. Nigeriyada bo’lganimizda Boko Haram tashkiloti qizlarni o’g’irlab ketgan edi. O’shanda Malala Prezident Gudlak Jonatan bilan uchrashib, undan “Qizlarni topish uchun nimalar qilyapsiz? Ularni ozod etish - sizning vazifangiz”, - deb aytdi. Prezident Obama bilan uchrashganida u dron hujumlari haqida so'radi”.

Bu mardlik va jasorat tufayli 2014-yilda Malala Tinchlik uchun Nobel mukofotiga sazovor bo’ldi.

“U dunyoga saboq berishi mumkin. Maktabdan kelayotganida o’qqa tutilgani uchun emas, hozirgi faoliyati uchun ham emas. Sababi – uning ezgi niyatlarga to’la qalbi. Malala o’zini himoya qila olmaydigan odamlar nomidan gapiradi, ularni himoya qiladi”, - dedy Guggenhaym.

Malalaning o’zi esa bu borada shunday deydi:

“Mening hayotim boshqalarnikiga o’xshamaydi, deyish noto’g’ri. Mendaka qizlar ko’p. Ular zulmatda ziyo nima ekanini tushunadi. Keling, qo’limizga kitob va qalam olaylik. Bu eng kuchli qurol”.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG