Breaking News

NATO bosh kotibi bo'lishga kim loyiq?


Sentabr oxirida NATOda rahbar yangilanishi kutilmoqda. Alyans bosh kotibi Yens Stoltenberg yangi muddatga qolmasligini bildirgan. Tashkilotga a’zo ayrim davlatlar bo’lajak rahbarlikka da’vogarning tezroq aniqlanishini istaydi. Hech bo’lmaganda NATOning iyul o’rtasida Litvada bo’ladigan sammitigacha.

Xalqaro hayot - 26-may, 2023-yil
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:11:57 0:00

31 mamlakatni birlashtirgan tashkilotga rahbar konsensus yo’li bilan tanlanadi. Ba’zilar Stoltenbergdan to’rtinchi muddatga qolishni so’rab ko’rishi mumkin.

Rahbar alyans va uning a’zolari uchun muhim davrda, Ukrainada urush kechayotgan payt almashmoqda.

Sobiq bosh kotib Anders Fog Rasmussen ittifoqchilarni qaror berishga shoshilmaslikka chaqirmoqda.

"NATOning bo’lajak, yangi bosh kotibi tashkilot ichidagi birlikni ushlab turish hamda Putin va boshqa avtokratlar bilan qattiq gaplasha olish qobiliyatiga ega bo’lishi kerak”, - dedi u.

O’tgan hafta Britaniya Mudofaa vaziri Ben Uollas NATOni boshqarishga qarshi emasligini bildirdi. Biroq ayrim mamlakatlar, jumladan Fransiya bosh kotiblikda ilk bor ayol kishini ko’rmoqchi. Daniya Bosh vazirasi Mette Frederiksen da’vogarlardan biri.

Iyun boshida rasmiy AQShga safar qilishi kutilmoqda. Ba’zilar uning Oq uyda Prezident Joe Bayden bilan bo’ladigan uchrashuvini bosh kotibalikka suhbat deya ko’rmoqda.

Odatda NATO rahbarligiga yevropalik mutaxassis qo’yiladi. Vashington uning nomzodini ma’qullashi kerak.

45 yashar Frederiksen Sotsial-demokratik partiya vakili bo’lib, Daniyada bosh vazirlikka 2019-yilda kelgan, COVID-19 ga qarshi samarali kurashgani uchun o’tgan yili ikkinchi muddatga saylandi.

Biroq Frederiksenning NATOdagi ish uchun bosh vazirlikdan ketishi uning siyosiy jihatdan zaif hukumatining qulashiga olib kelishi mumkin.

Bosh kotiblikka Sharqiy Yevropa vakilini tayinlash taklifi ham muhokama etilmoqda. Rossiyaning Ukrainadagi urushi mintaqaning NATO uchun ahamiyatini yanada oshirdi.

Estoniya Bosh vaziri Kaya Kallas, Yevropa Komissiyasi prezidenti Ursula fon der Leyen, Kanada bosh vazirining o’rinbosari Kristiya Frilend, Gollandiya va Ispaniya bosh vazirlari Mark Rutte va Pedro Sanches ham ehtimoliy nomzod sifatida tilga olingan.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG