Breaking News
Din

Qirg'izistonda diniy va dunyoviy bilim beruvchi kollej ochildi


“Davlat diniy ta’lim sohasini o’z qo’liga, o’z nazoratiga olishi va ko’mak ko’rsatishi to’g’ri yo’nalish. Aks holda ruhiy dunyomizda turli oqimlar, har xil g’oyalar ko’payib ketadi", - deydi taniqli diniy ulamo Dimurod O'rozov
“Davlat diniy ta’lim sohasini o’z qo’liga, o’z nazoratiga olishi va ko’mak ko’rsatishi to’g’ri yo’nalish. Aks holda ruhiy dunyomizda turli oqimlar, har xil g’oyalar ko’payib ketadi", - deydi taniqli diniy ulamo Dimurod O'rozov

Qirg’iziston oliy o’quv yurtlaridan biri qoshida maxsus diniy hamda dunyoviy ta’lim beruvchi kollej ochildi. Mazkur o’quv yurti diniy hamda davlat idoralari tomonidan hamkorlikda tashkil etilgan. Rasmiylarga ko’ra, yangi turdagi bu o’quv yurti Qirg’izistonda diniy ta’lim islohoti yo’lidagi ilk qadam.

Yangi kollej Qirg’iziston Ta’lim vazirligi, respublika musulmonlari diniy idorasi, Din ishlari bo’yicha Davlat komissiyasi hamda Bishkekdagi Arabayev nomli universitet tomonidan ta’sis etilgan bo’lib, o’rta maxsus ma’lumotli mutaxassislar tayyorlaydi.

Din ishlari bo’yicha Davlat komissiyasining boshlig’i O’rozbek Moldaliyevning aytishicha, diniy va dunyoviy ta’limni uyg’un ravishda olib borish o’lkada yaqin orada qabul qilinajak Diniy ta’lim konsepsiyasi maqsadlaridan biridir. Suhbatdosh ustozlar hamda talabalar tanlov asosida olinganini ta’kidlaydi.

Yangi o’quv yurtini tashkil etish mobaynida Turkiya hamda Buyuk Britaniya tajribasidan foydalanilgan. Kollej faoliyati uchun kerakli mablag’ mamlakat prezidenti qoshidagi “Lymon” jamg’armasi hamda mahalliy sarmoyadorlar tomonidan ajratilmoqda. Kelajakda o’quv yurti mamlakat byudjeti hisobidan moliyalashtirilishi mumkinligi aytilmoqda.

Hozirda Qirg’izistonda 100 ga yaqin madrasa va boshqa diniy o’quv yurtlari mavjud bo’lib, amalda ulardan 70 tasi faoliyat ko’rsatadi. Ushbu muassasalarning aksari xususiy maqomga ega. Ayni paytda mutaxassislar mazkur dargohlarda ta’lim sifati talabga javob bermaotgani va umuman diniy ta’lim tizimi islohga muhtojligini aytib keladi.

Joriy yil Qirg’iziston musulmonlari idorasi qoshida oily o’quv yurt, ya'ni ixtisoslashgan institut ochilishi rejalashtirilgan.

Mutaxasslarning aytishicha, diniy ta’lim konsepsiyasi ushbu sohadagi o’quv yurtlar faoliyatini tubdan isloh etishni ko’zda tutadi. Jumladan, quyi, o’rta va oily diniy o’quv yurtlar tizimi vujudga keladi.

Birinchi maqsad - malakali dinshunoslar tayyorlash bo’lsa, yana bir vazifa keng ommani din asoslari bilan tanishtirish ishlarini takomillashtirish, aholining diniy savodxonligini ko’tarish, deydi suhbatdoshlar.

Diniy ta’lim konsepsiyasining loyihasi dastavval ekspertlar orasida muhokama qilinadi, so’ngra keng omma e’tiboriga havola qilinadi. Keyin mazkur konsepsiya asosida mamlakatning ta’lim sohasidagi qonunlariga ayrim o’zgartirishlar kiritilishi kutilmoqda.

“Davlat diniy ta’lim sohasini o’z qo’liga, o’z nazoratiga olishi va ko’mak ko’rsatishi to’g’ri yo’nalish. Aks holda ruhiy dunyomizda turli oqimlar, har xil g’oyalar ko’payib ketadi. Bu esa bizning diyor mentalitetiga yot narsa, ko’pxillilik oqibatda ixtiloflarga sabab bo’ladi”,- deydi taniqli ulamo, Jalol-Obod shahridagi Islom ta’limi markazi rahbari Dilmurod O’rozov.

Suhbatdosh jamiyatning ayrim qatlamlari orasida bot-bot yangrab turadigan “daavatchilar faollashib ketdi, aholi tobora dindorlashayapti” qabilidagi fikrlarga e’tiroz bildiradi.

“Aslida hali Qirg’izistonda diniy da'vat va diniy ta’lim, umuman din ishlari yo’lga qo’yilgani yo’q. Bu amal rostnoma endi boshlandi, desa bo’ladi. Vaqt kerak. Va shu vaqt ichida harakat bo’lishi lozim. O’ylayman-ki, zikr qilingan o’quv yurti va Konsepsiya o’ha sa’y-harakatlardan dalolat”, - deydi O’rozov.

XS
SM
MD
LG