Breaking News

Pokiston NATOga o'z hududi orqali yuk tashishga qisman ruxsat berdi


Pokiston NATOga o'z hududi orqali yuk tashishga qisman ruxsat berdi
Pokiston NATOga o'z hududi orqali yuk tashishga qisman ruxsat berdi

Pokiston o'z hududi orqali qo'shni Afg'onistonga NATO askarlari uchun oziq-ovqat o'tkazishga vaqtincha ruxsat bergan. Noyabr oyida NATO havo hujumi oqibatida pokistonlik 24 askar halok bo'lgach, rasmiy Islomobod NATO karvonlari uchun barcha yo'llarni to'sib qo'ygan edi.

Mudofaa vaziri Ahmad Muxtorning aytishicha, alyans qo'shinlari uchun oziq-ovqatni Afg'onistonga Pokiston havo sarhadi orqali eltishi mumkin.

Pokiston askarlarini nobud qilgan hujum ataylab qilinganini aytib, AQSh va NATOdan hamon xafa, munosabatlar sovuq. Ustiga-ustak, kecha Peshovar aerportida AQSh elchixonasining xodimiga tegishli yuk ichida o'q-dorilar topilib, diplomat bir necha soat ushlanib, so'ng AQSh konsulligiga topshirilgan.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG