Pokistonda AQSh havo hujumlari sakkiz jangarini o’ldirgan. Bu davlat rasmiylari shunday ma’lumot bermoqda.
Afg’oniston bilan chegaradosh Shimoliy Vaziriston mintaqasida nishonga olingan katta obyekt Tolibon qo’rg’oni bo’lgan.
Islomobod Amerikaning quruvchi samolyotlari uning osmonida uchib yurganidan qattiq norozi. Lekin Vashington ularni bas qilmayapti.
Terrorchilarni yo’q qilish uchun bunday operatsiyalar bag’oyat muhim, deydi rasmiylar.
Odatda AQSh hukumati chegara osha uchuvchisiz samolyotlar yordamida amalga oshirilgan biror hujum yoki talofatni tasdiqlamaydi.