Breaking News

Pokistonda elatlar olishib, 11 kishi o’lgan


Pokistonda elatlar olishib, 11 kishi o’lgan
Pokistonda elatlar olishib, 11 kishi o’lgan

Pokistonning Karachi shahrida raqib guruhlar to’qnashuvi oqibatida bugun 11 kishi o’lgan, 18 fuqaro jarohatlangan.

Hukumat hududga qo’shimcha askar safarbar etmoqda.

Har yili qon to’kishlar kuzatiladigan bu port shaharda oy boshidan beri siyosiy va etnik adovat 100 kishining yostig’ini quritib ulgurgan.

Pokistonning tijoriy markazi sanalmish Karachidagi g’alayon hukumatni jangarilarga qarshi harbiy amaliyotlardan chalg’itishi mumkin.

Ziddiyat ortida ikki siyosiy kuch turibdi - Muttahida Qavmi urdu tilida gaplashadigan jamoalarning partiyasi sanaladi, raqib Avomi Milliy Partiyasi esa pashtular.

Har ikki kuch uyushgan jinoiy tizimlarga ega va ular orqali bir-biridan o’ch olishi gumon qilinadi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG