Breaking News

Bangladesh, Eron, Nigeriya, Rossiya jurnalistlariga xalqaro mukofot


Matbuot erkinligi mukofoti - bu yilgi sovrindorlar
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:03:29 0:00

Xalqaro Matbuot Erkinligi Mukofoti har yili dunyo bo’ylab sanoqli jurnalistlarga nasib etadi. Bu yilgi sovrindorlar Bangladesh, Eron, Nigeriya va Rossiyadan.

Namoyishlar, zo’ravonlik, koronavirus bilan bog’liq cheklovlar… jurnalistika kasbi sinovdan o’tmoqda, deya bildiradi Nyu-Yorkda asoslangan Jurnalistlarni himoya qilish qo’mitasi (CPJ).

“Senzura, hibslar va qotillik singari bu kasb egalari yuzlashadigan doimiy tahdidlar ustiga, global pandemiya iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy tizimlarni ham tubdan o’zgartirib yubordi. Bugun jurnalistikaga talab har qachongidan yuqori”, - deydi qo’mita vakili Kortni Rash.

Bu yili kuchli qarshilikka qaramay mustaqil media ahamiyatini namoyish eta olgan jurnalistlar mukofot bilan taqdirlandi. Ular Bangladesh, Eron, Nigeriya va Rossiyadan.

Nigeriyada “Premium Times” gazetasi ta’sischisi Dapo Olorunyomi ikki bor hibsga olingan. Juda cheklangan sharoitda faoliyat olib borayapmiz, deydi u.

“Nigeriyada jurnalistikani, ma’lumot tarqatishni qiyinlashtiradigan taxminan 28 ta qonun bor. Kasb egalarini ayblash uchun kiberjinoyatchilikka oid qonun tobora ko’proq qo’llanyapti. Jurnalistikani jinoyatchilikka tenglashtiruvchi bema’ni qonunlarimiz bor”, - deydi Olorunyomi.

Elektron ommaviy axborot vositalaridan foydalanish hamda soxta yangiliklarga oid qonunlar Bangladeshda ham jiddiy muammo, deydi fotojurnalist Shahidul Alam.

“Bir muddat harbiy boshqaruv ostida edik, o’shanda boshimga qurol bilan ham o’qtashdi. Demokratiya kelishi bilan vaziyat o’zgarishini kutdik, lekin battar bo’ldi. Qo’rquv muhitida yashayapmiz”, - deydi sovrindor.

Mustaqil jurnalistika cheklangan Eronda Muhammad Musaid korrupsiya, iqtisodiy sanksiyalar va namoyishlarni yoritgan. Uning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari endi yopiq.

“Inqiroz paytida Muhammad kabi insonlarga tayanamiz. U bir vaqtning o’zida ham Eron xalqiga, ham xalqaro hamjamiyatga xizmat ko’rsatgan. Bor gapni aytgani uchun uning qamoqqa olinishi Eron hukumatining mediaga bo’lgan munosabatini ko’rsatadi”, - deydi Jurnalistlarni himoya qilish qo’mitasining Yaqin Sharq dasturlari koordinari Sharif Mansur.

Rossiyalik jurnalist Svetlana Prokopyeva sud tomonidan “terrorizmni oqlash”da aybdor topilgan. Xavf-xatarga qaramay, u kasbiga sodiq ekanini aytadi.

“Rossiyada jurnalistlar bosimga uchrashi rost. Har qanday normal jamiyatda jurnalistlar o’z ishini bajara olishi kerak. Kasbimizdan voz kechsak, davlatimiz, jamiyatimiz normallikdan, madaniylikdan yanada yiroqlashadi”, - deydi u.

Jurnalistika tahdid ostida ekan, Amal Kluni singari xalqaro huquqshunoslarning matbuot himoyasi yo’lidagi faoliyati ham muhim.

“Amal Kluni shu yili matbuot erkinligi mukofotiga sazovor bo’lgani yuridik va jurnalistik kasb egalari bir-biriga tayanishini, orada bog’liqlik borligini ko’rsatadi”, - deydi Kortni Rash.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG