Breaking News

Isroil Rossiyani Erondan uzoqlashtirmoqchi


Netanyaxu va Vladimir Putin muzokaradan keyin qo'shma bayonot bermadi. Keyinroq Netanyaxu alohida qilgan chiqishida Suriyada Eronning va uning ittifoqchilarining askarlari qolmasligi kerak, degan.
Netanyaxu va Vladimir Putin muzokaradan keyin qo'shma bayonot bermadi. Keyinroq Netanyaxu alohida qilgan chiqishida Suriyada Eronning va uning ittifoqchilarining askarlari qolmasligi kerak, degan.

Isroil Bosh vaziri Benyamin Netanyaxu Moskvada bo'lib, Rossiya rahbariyati bilan Suriyadagi urush xususida gaplashgan.

Bu Yaqin Sharqda Rossiyaning ta'sir-nufuzi oshib borayotganidan nishona. Isroil Moskvaning bu mintaqadagi ittifoqchilaridan, xususan, Erondan xavotir olib keladi.

Rossiya 2015-yilda Suriyadagi urushga kirganidan beri Isroil o'z tashqi siyosatida Kremlga keng o'rin ajratib keladi.

Netanyaxu va Vladimir Putin muzokaradan keyin qo'shma bayonot bermadi. Keyinroq Netanyaxu alohida qilgan chiqishida Suriyada Eronning va uning ittifoqchilarining askarlari qolmasligi kerak, degan.

Suriyada Prezident Bashar al-Assad tomonida kurashayotgan Rossiya mana bir yarim yildirki Eron bilan kelishib, Eronning jangchilari bilan yelkama-yelka jang qilmoqda.

Isroil esa Moskvani Eron bilan o'ta yaqinlashib ketmaslikka, aksincha, Isroil bilan kengroq aloqalarni rivojlantirishga ko'ndirmoqchi.

Ostonada Suriya tinchligi bo'yicha yana bir yig'ilish
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:01:06 0:00

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG