Breaking News

Rossiya elchisining o'limi ortida qanday omillar turibdi?


62 yoshli Andrey Karlov Rossiyaning eng tajribali va bilimli diplomatlaridan biri edi
62 yoshli Andrey Karlov Rossiyaning eng tajribali va bilimli diplomatlaridan biri edi

Turkiyada Rossiya elchisining otib o’ldirilishi va Suriyada davom etayotgan qonli urush - xalqaro maydonda keng muhokama va munozara qilinayotgan mavzular.

Turkiya qotillikda gulenchilarni ayblab chiqdi. Rossiya va Eron tomonidan esa boshqa gumonlar yangramoqda. Diqqat qotilik ortidagi omillarda. Jinoyat oqlanmaydi, ammo uning sabablari Rossiyaning Suriyadagi harbiy amaliyotlariga borib taqaladi, deydi “Amerika Ovozi” bilan gaplashgan tahlilchilar. Rossiya diplomatining o’limi Kreml siyosati bilan chambarchas bog’liq, deydi ular.

Prezident Vladimir Putin Rossiyaning Turkiyadagi elchsi Andrey Karlov otib o’ldirilishini ikki tomonlama munosbatlarni buzish uchun qilingan ig’vo harakati deb atadi.

Jinoyatda Fathulla Gulen tarafdorlarini ayblab chiqqan Prezident Toyyib Erdog’an qotillikni sodir etgan zobit Mavlut Oltintoshni Gulen tashkilotining faoli deb qayd etdi.

Tahlilchi Kamoliddin Yo’ldosh:

“Har bir insonning o’limi fojea, ayanchli voqea. Ammo siyosiy vaziyatnning rivojlanishi mantiqan shunga qarab kelayotgan edi. Rusiyaning Yaqin Sharqdagi harbiy amaliyoti, ayniqsa ko'hna Halabdagi so’nggi vaziyat, musulmonlarni qirg’in qilinishi, bombalar yog’dirilishi, o’lganlar, millionlab qochqinlarlarni ko’rgan har qanday kishi, dinidan qat’i nazar, buning uchun rahmat demaydi. Turkiyada qurol olib yurish huquqiga ega toifa vakillari musulmonlarga qarshi uyushtrilayotgan bu jinoyatlarga nisbatan harbiy vaziyatdagi kabi javob qildi. Buni tushinish mumkindir, lekin oqlash emas”.

Elchi Karlov Moskvada dafn etildi
Elchi Karlov Moskvada dafn etildi

Xuruj uchun mas’uliyatni “Jaysh al Fath” guruhi o’z bo’yniga olgani haqida ma’lumotlar bor. Qotillik Halab uchun olingan qasos, deya bildirgan bu to’da.

Hodisa ortidan telefon orqali muloqot qilgan Turkiya va Rossiya prezidentlari jinoyatni hamkorlikda o’rganishga kelishdi. Kreml Anqaragafa maxsus guruh jo’natgan.

Kamoliddin Yo’ldosh:

“Turkiya qotillik gulenchilarning ishi deb hisobot bermoqda. Rossiya nazarida bunga “Jabhat ul Nusra” aralashgan. Eron matbuotida esa mutlaqo boshqa bir ayblovni ko’rish mumkin. Xullas, Suriyadagi urushga tortilgan tomonlarning har birida qotillik yuzasidan o’zgacha qarash mavjud. Ammo hech bir tomon, Rusiya yoki Eron o’laroq, biz boshqa bir mamalakatga bostrib kirdik, xalqini bombaladik, minglab odamlar halok bo’ldi, buning natijasida bizga nisbatan musulmonlarda, shu jumladan Turkiya musulmonlarida ham hadsiz nafrat paydo bo’ldi, degan iqror kuzatilmayapti”.

Elchi Karlovning dafn marosimi, Moskva, 22-dekabr, 2016
Elchi Karlovning dafn marosimi, Moskva, 22-dekabr, 2016

Rossiya Suriyadagi harbiy amaliotlarga Prezident Bashar Assadni qo’llab qo’shilgach, harbiy uchoqlari isyonchilar qo’lida bo’lgan shaharlarga safarbar etildi. Xalqaro tashkilotlar bu amaliyotlar natijasida o’nlab shaharlar vayronaga aylangani, minglab odamlar halok bo’lganini qayd etishadi.

Rus elchisining o’ldirilishi ortidan Turkiya va Rossiya rahbarlari aloqalar salbiylashmaydi, qotillikdan maqsad tomonlarni uzoqlashtirish, munosabatlarni buzish, deya bayon qildi.

Turkiya Rossiya harbiy samolyotini urib tushirgach yomonlashgan rishtalar shu yilning yozidan tiklana boshlagan edi.

Kamoliddin Yo’ldosh deydiki, Rossiya bilan munosabatlarni uzgani Turkiya uchun qimmatga tushgan.

“Bu ziddiyatdan asosan Turkiya yutqazdi. Gaz tranziti sohasida, mamlakatda qurilayotgan atom elektrostansiya taqdiri bo’yicha, qolaversa millionlab rossiyalik sayyohlar hisobidan. Xullas, bir rus uchog’ini urib tushirilishidan so’ng boy berilgan imkoniyatlar turkiyaliklarni qiyin vaziyatga solib qo’ydi”.

Karlov 19- dekabr kuni Anqaradagi ko’rgazmalar zalida gapirayotganida omma ko’zi oldida otib o’ldirilgan. 62 yoshida u Rossiyaning eng tajribali va bilimli diplomatlaridan biri edi.

Rossiya elchisi Andrey Karlovni Anqarada otib o'ldirgan Mavlut Oltintosh politsiya zobiti bo'lgan
Rossiya elchisi Andrey Karlovni Anqarada otib o'ldirgan Mavlut Oltintosh politsiya zobiti bo'lgan

  • 16x9 Image

    Malik Mansur

    Malik Mansur Toshkent Davlat Universitetini (hozirda O'zbekiston Milliy Universiteti) bitirgan. Professional jurnalist. Bu sohada 1990-yilardan beri ishlab keladi. O'zbekistonda qator nashrlarda faoliyat yuritgan. "Amerika Ovozi bilan 2002-yildan buyon hamkorlik qilib keladi. Vatandagi siyosat, iqtisod va ijtimoiy hayotni yoritadi.
     

XS
SM
MD
LG