Breaking News

Rossiyaning Ukrainadagi urushi. 65-kun. Bayden Kongressdan Ukraina uchun qo'shimcha 33 milliard dollar so'ramoqda


Kiyevga raketa hujumidan so'ng
Kiyevga raketa hujumidan so'ng

AQSh Prezidenti Jo Bayden Kongressdan Ukraina xavfsizligi va gumanitar yordam uchun qo’shimcha 33 milliard dollar so’ramoqda.

Xalqaro hayot - 29-aprel, 2022-yil
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:08:18 0:00

“Bu urush arzon emas. Ammo bosqinga yo’l berish yanada qimmatga tushadi. Biz yo Ukraina xalqiga o’zini himoya qilishiga yordam berishimiz yoki ruslarning vahshiyliklari va Ukrainaga bosqiniga jim qarab turishimiz kerak”, - dedi Bayden.

Oq uyning bildirishicha, Kongress bungacha ma’qullagan 13,6 milliard dollar tugab bormoqda.

“Ukrainaliklarga xavfsizlik uchun va harbiy yordamni uzatishda davom etishni istardik. Ikki haftacha oldin berilgan yordam miqdorini strategik jihatdan oshiryapmiz, Ukrainaga berilishini tezlashtiryapmiz, chunki Rossiya qo’shinlarini sharqiy hududlarga tashlayotganini, diqqatini Donbassga qaratish uchun strategik yondashuvini o’zgartirayotganini ko’rdik”, - deydi Oq uy matbuot kotibasi Jennifer Psaki.

Kongressdan so’ralayotgan yangi yordam paketida 8,5 milliard dollar iqtisodiy madad uchun, 3 milliard dollar gumanitar yordam uchun va 20 milliard dollar harbiy ko’mak uchun ko’zlangan.

Oq uy, shuningdek, Rossiya hukumati va oligarxlariga tegishli mulkni Ukraina foydasiga musodara qilishni taklif etmoqda.

“Oligarxlar, ularning yaxtalari, villalari, bankdagi hisob raqamlari haqida gap ketmoqda. Agar shu tamoyilga qarab ish tutadigan bo’lsak, davlat mulkiga ham shunday yondashish kerakdir? Masalan, Rossiya Markaziy bankining dunyo bo’ylab juda katta miqdorda muzlatilgan puli borku”, - deya murojaat qildi Davlat kotibi Entoni Blinkenga qonunchilardan biri.

“To’g’ri. Yuristlarimizdan shu masalani ko’rib chiqishni so’radik”, - dedi Blinken.

Kremlning e’tiroz bildirishicha, davlat mulkini o’zlashtirish qonunga xilofdir va o’ta xavfli pretsedent yaratadi.

Bayden ma’muriyati, shuningdek, Kongressdan Ukraina uchun qurol ta’minotini tezlashtirishga qaratilgan qonun loyihasini qabul qilishni ham so’ragan. Hujjat Vakillar palatasida payshanba kuni tasdiqlandi. Senat esa uni oy boshida ma’qullagan.

Rossiya Mudofaa vazirligi poytaxt Kiyevda raketa ishlab chiqaruvchi yirik korxona nishonga olinganini bildirdi.

Ushbu hujumda “Ozodlik” radiosining 2018-yildan beri ishlayotgan muxbiri ham halok bo’lgan. 10 odam jarohat olgani aytilayotgan Rossiya hujumi paytida shaharda BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrishning ham bo’lgani ma’lum.

Donbassda shiddatli janglar kecharkan, PIR-Markazi tashkilotidan rossiyalik tahlilchiYevgeniy Bujinskiyning aytishicha, Donetsk viloyatida joylashgan Kramatorsk uchun olishuv katta ahamiyatga ega.

"Maxsus harbiy amaliyotning ikkinchi bosqichidan maqsad Donbass mintaqasi ustidan nazoratni to’liq qo’lga olish. Kramatorskda 60 ming ukrain qo’shini bor. Ularni yengish Rossiya armiyasi uchun eng xavfli va muhim vazifa. Ukrain qo’shinlari hozir ko’p jihatdan qurshab olingan. Yaqin orada jiddiy to’qnashuv kutilmoqda”, - deydi u.

Bujinskiyning aytishicha, G’arb uzatayotgan qurol Ukrainaga Polsha orqali kirmoqda, Ukraina g’arbida saqlanmoqda, so’ng temir yo’l orqali jang maydonlariga yetkazilmoqda. Buning oldini olish uchun rus armiyasi so’nggi bir haftadan beri Ukraina g’arbidagi temir yo’l infratuzilmasini nishonga olmoqda.

CNN telekompaniyasining xabar berishicha, Ukrainada 22 yashar bir amerikalik halok bo'lgan. Uilli Jozef Kansel ismli sobiq harbiy xususiy harbiy kompaniyaga ishga kirib, Ukrainaga mart o'rtalarida Polsha orqali kirgani aytiladi. U 7 oylik farzandini qoldirb ketgani xabar qilinmoqda.

Britan matbuoti esa Ukrainada ikki vatandoshining hibsga olinganini ma'lum qildi. Pol Yuri va Dilan Xili dushanba kuni mamlakat janubidagi Zaporojye viloyatida nazorat punktida qo'lga olingani aytilmoqda.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG