Yer yuzida turli viruslar tarqab, odamlar hayotiga raxna solar ekan, olimlar ularni o’rganish va dardlarda davo izlashda davom etmoqda. Yaqinda Texas universitetida o’tkazilgan bir tadqiqot natijasida virusning hujayrani zararlashi jarayoni aniqlandi. Bu esa kelajakda gripp va hatto SPID kabi kasalliklarga davo topish imkoni beradi, deydi tadqiqotchilar.
Texas universiteti qoshidagi Tibbiy tadqiqotlar markazida olim Jun Liu Eshirixiya koli bakteriyasi va uni zararlantirayotgan jajjigina T-7 virusini kuchli elektron mikroskop yordamida o’rganmoqda.
Shu kungacha virusning hujayraga o’z irsiy materialini kiritgani faqat taxmin qilinar edi. Ko’rishning imkoni yo’q edi, deydi olima Jun Lui.
“Ular xujayraga o’z irsiy materialini kiritishidan oldin orasida hech qanday kanal bo’lmaydi. Keyin esa kanal bir damda yopiladi, ko’ra olmaysiz”.
Biroq tadqiqotda Jun Liu mana shu jarayonni, aniqrog’i bir zumda yuz beradigan fenomenni o’z ko’zi bilan ko’rishga muvaffaq bo’ldi – mikroskop yordamida, albatta.
“Uni muzlatib qo’ysangiz, xuddi suratni ko’rgandek bo’lasiz. Tadqiqotning eng zo’r jihati ham shunda – shu kungacha hech kim ko’rmagan protsessni ko’rishga muvaffaq bo’ldik,” - deydi u.
Tadqiqot doirasida bu yetuk texnologiyadan muayyan virusni o’rganish uchun foydalanildi. Ammo olimlarning bildirishicha, kashfiyot uslublari boshqa xavfli viruslarni o’rganishda ham katta ahamiyatga ega.
Tadqiqotda ishtirok etgan yana bir biolog-olim, Texas universiteti professori Yan Molino kelajakdan umid katta deydi. Izlanishlarni hozirgi sur’atda davom ettirish kerak.
“Irsiy materialni hujayra kiritish jarayonining har bir bosqichini ajratib, alohida o’rganish yo’lini aniqlasak, turli viruslarga qarshi preparatlar, ya’ni davoni topamiz,” - deydi olim.
Amerikada chop etiladigan “Science” (Ilm-fan) jurnali bu izlanishni namoyish etuvchi multiplikatsion film ishlab chiqdi. Virus mitti oyoqlari bilan hujayra ustida yurishi tasvirlangan.
“Keyin u to’xtaydi-da, oyoqlari bilan hujayraga yopishib oladi. Shu damda yallig’lanish jarayoni boshlanadi,” - tushuntiradi professor Molino.
Yan Molino, Jun Liu va boshqa olimlar birgalikda o’tkazilgan tadqiqot yangi yo’llar ochdi va boshqa ilmiy sirlarni fosh etishda davom etamiz, deydi.
“Hamkorlikda endi boshqa viruslarni ham o’rganamiz,” - deydi Molino.
Axir har bir kashfiyot viruslarni yengish va pirovardida odamlar hayotini saqlab qolish imkonini beradi, deydi olimlar.