Breaking News

Senatda Rossiyaga doir tinglovlar boshlanmoqda


"Razvedka ma'lumotlariga tayanamiz", - deydi respublikachi senator Richard Bur. Demokrat senator Mark Vorner izchil tergov o'tkazamiz, deydi.
"Razvedka ma'lumotlariga tayanamiz", - deydi respublikachi senator Richard Bur. Demokrat senator Mark Vorner izchil tergov o'tkazamiz, deydi.

Rossiya Amerika demokratiyasiga aralashgani fosh qilinadi, deydi Senat razvedka qo'mitasi raisi. O'tgan yilgi prezident saylovlariga Moskvaning ehtimoliy ta'siri va Tramp idorasining Rossiya bilan aloqasi yuzasidan tinglovlar bugun, payshanba kuni boshlanadi.

"Razvedka ma'lumotlariga tayanamiz", - deydi respublikachi senator Richard Bur.

Demokrat senator Mark Vorner izchil tergov o'tkazamiz, deydi.

Tekshiruv davomida, xususan, Trampning maslahatchisi va kuyovi Jared Kushner ham ko'rsatma berishi kutilmoqda.

Senator Vornerning aytishicha, Rossiya rahbariyatining maqsadi Amerikani kuchdan qoldirish. Iqtisodiy, siyosiy jihatdan zaiflashtirish. AQShda har bir fuqaro, qaysi partiyaga a'zo bo'lmasin, bundan hushyor tortishi kerak, deydi u.

Shu paytgacha tergovni Vakillar palatasi razvedka qo'mitasi olib borayotgan edi. Ammo qo'mita raisi, respulikachi Devin Nunyez qo'mita bilan maslahat qilmay turib, Prezident Trampga tergovga doir hujjatlarni yetkazib bergan. Bu xabar ketidan joriy hafta quyi palatada rejalangan tinglovlar bekor qilindi.

Endi ish Senatning zimmasida. Senator Burr o'tgan yili Trampga ovoz bergan.

Biroq bu xolis tergov o'tkazishimga halaqit bermaydi, deydi u.

Lekin demokratlar nazarida qo'mitalar respublikachilar nazoratida ekan, haqiqat yuzaga chiqishi gumon.

Demokrat senator Martin Xaynrik mustaqil, biror partiyaga aloqasi yo'q komissiya tuzish va tergovni unga topshirish kerak, deydi.

Oq uy esa prezidentga qarshi adolatsiz kampaniya ketayotganini ta'kidlaydi, ammo tekshiruvlar davom etishi kerak ekanini tan olmoqda.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG