Breaking News

Sudan, Janubiy Sudan neft, chegara talashmoqda


Sudanda bir necha o'n yillik fuqarolik urushi 2 milliondan ziyod odamni hayotdan olib ketgan. 2005-yil sulhga erishilib, o'tgan yili davlat ikkiga bo'lingan edi
Sudanda bir necha o'n yillik fuqarolik urushi 2 milliondan ziyod odamni hayotdan olib ketgan. 2005-yil sulhga erishilib, o'tgan yili davlat ikkiga bo'lingan edi

Sudan va Janubiy Sudan chegarasida janglar ko’lami kengaygani sari ikki davlat urushga botadi, degan xavotir bor. Chorshanbaga o’tar kechasi qo’shinlar Meyram shahri yaqinida ayovsiz olishgan.

Sudan rasmiylari janubni mag’lub etdik, demoqda. Janubiy Sudan o’tgan hafta chegaradagi neftga boy Xeglig shahrini bosib olgan edi.

Birlashgan Millatlar Tashkilot Xavfsizlik Kengashi kecha ikki davlatni yarashtirish uchun har qanday chorani ishga solishga kelishib oldi. Amerika elchisi Syuzan Raysning aytishicha, kengash sanksiyalarni qo’llashi mumkin.

“Sudan va Janubiy Sudandan olishuvlarni zudlik bilan to’xtatishni talab qilamiz. Janub qo’shinlari Xeglig shahrini tark etishi, Sudan armiyasi esa havo hujumlarini to’xtatishi shart”, - deydi Rays.

Sudan ikkiga bo’linib, o’tgan yil yozida Janubiy Sudan o’zini mustaqil davlat deb e’lon qilgan edi. Tomonlar chegara, neft zaxiralari taqsimoti va fuqarolarning maqomi masalasida hamon tortishib keladi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG