Yozda bolani band qilish uchun nima yaxshi, oromgohlar yaxshi.
BMT, AQShning USAID agentligi, Soros fondi va mahalliy nodavlat tashkilotlar yordamida Qirg’izistonning Cho’lpon Ota viloyatida yosh liderlar uchun yozgi lager tashkil qilingan.
Unga Markaziy Osiyo, umuman, MDHdan va Sharqiy Yevropadan qiz-o'g'illar, talantli, liderlik qobiliyati kuchli bolalar taklif qilindi.
Bolalar o'z yurtlaridagi muammolar haqida, yechimlar haqida fikr almashgan.
“Amerika Ovozi” oromgohda bo’lib qaytgan o’shlik o’zbeklar vakili, mahalliy nohukumat tashkiloti xodimi Dildora Hamidova bilan suhbatlashdi.