Prezident Emomali Rahmonning Rossiyaga safaridan mamlakat va uning tashqarisida millionlab kishilar umidvor edi. Kuzatuvchilar nazarida, bu umidlar oqlanmadi. Uchrashuvlarda asosan rus bazasining kelajagi ko'tarilib, o’zaro shartnomaga ko’ra, harbiylar Tojikistonda yana 30 yilga qolishi mumkin.
Biroq hujjat Tojikiston parlamentida bir yildan beri ratifikatsiya qilinmay kelmoqda. Mahalliy ziyolilar fikricha, Emomali Rahmon va Vladimir Putinning o’zaro uchrashuvidan faqat Rossiya foyda ko’radi. Tojikistonda rus qo’shinlari Dushanbe, Qo’rg’ontepa va Ko’lob shaharlarida joylashgan bo’lib, ularning soni olti mingdan oshadi.
Tarix fanlari nomzodi, olima Qumriniso Karimova rus harbiy bazasining Tojikistonda uzoq yillar qolishi mamlakat manfaatlariga zid va undan mumkin qadar tezroq qutilish kerak deb hisoblaydi. Keyingi yillarda bir qancha mustaqil nashrlar rus harbiy bazasining chiqarilishi kerakligi haqida ko’plab maqolalar chop etib kelmoqda. Тоjikiston Tashqi ishlar vaziri Hamroxon Zarifiy unday chiqishlarni alohida shaxslarning xomxayoli deb hisoblaydi.
“Hech qanday muammolar yo’q, ommaviy axborot vositalarida munosabatlarimizga soya tashlovchi har xil chiqishlar esa, alohida shaxslarning fantaziyasidan boshqa narsa emas. Harbiy baza masalasi davlatlarimiz orasidagi ikkinchi darajali ish emas, qandaydir niyatlar aks etgan yorliqgina bo’lib qolmay, uzoq yillarga mo’ljallangan juda muhim harbiy hamkorlik. Hujjat umid qilamanki, kuzda ratifikasiya qilinadi”, - deydi u.
Quvg’indagi taniqli tojik jurnalisti Dodojon Atovulloyev Moskvaning siyosiy nayranglaridan juda yaxshi voqif ekanini aytarkan, rus hukumati tanho o’z manfaatlaridan kelib chiqib ish ko’rishini ta’kidlaydi.
“Kreml o’zining “kelini” qanay qiliq qilayotganini ko’rib, uning qulog’ini tovlab qo’yish uchun chaqirdi. Ularga tojiklar o’ladimi, qoladimi, farqi yo’q, faqatgina manfaatlari amalga oshsa bo’ldi”, - deydi u.
Rossiyaning Yekaterinburg shahrida ishlovchi Sarvinoz Rasulova mehnat muhojirlari masalasida prezidentning Moskvaga safaridan katta umid qilgan edi. Bu haqda umumiy gaplardan tashqariga chiqishmadi. Harbiy, madaniy, ilmiy masalalar bizni qiziqtirmaydi, biz uchun bugungi kunimiz muhim deydi. Rus tili o’qituvchisi bo’lgan Sarvinozning firkicha, har ikki prezidentning chiqishidagi bir xillik oradagi ishonchsizlikni bildirai.
“Chunki, ularning boshqa aytaigan gapi yo’q edi, bu yaxshi emas” , - deydi muallim.
Yosh mutaxassis Mo’minjon Dadaboyev rus harbiy bazasining Tojikistonda uzoq yillar qolishi mahalliy ziyolilarga yoqmasligini ta’kidlarkan, hukumat qo’shni davlatlarga yoqmaydigan qadam qo’ymoqda deb hisoblaydi.
“Qo’shniga yoqmagan ishni qilma degan gap bor. Buni hamma biladi, biladiyu, biri-biriga o’chakishib ish qiladi. Nahotki, shuni biznikilar o’ylamasa? Hukumatda o’tirganlar gapiraveradi, jabrini xalq tortadi. Undan ko’ra xalq tinchligini o’ylasalar yaxshi bo’lardi. Ruslar armiyasi Tojikistonda turibdimi, ular ham bizning mardikorlar huquqini himoya qilishsin-da”, - deydi u.
Rossiya strategik tadqiqotlar instituti Ural bo’limi boshlig’i Dmitriy Popov harbiy baza masalasi hal etilmay qolsa, raqobatchilarga qo’l kelishini aytadi.
“Tabiiyki, bunday shartnomalar amalga oshmasligidan bizning raqobatchilarimiz, xususan, AQSh manfaatdor bo’ladi. Xuddi shunday biz ham Markaziy Osiyoda Amerika bazalari bo’lmasligidan manfaatdormiz. Lekin ayni holatda men bu yerda AQShning aralashuvini ko’rmayman, ishonchim komilki, shartnomaning cho’zilishi byurokratiya tufaylidir va kuzga borib hammasi ijobiy hal bo’ladi”, - deydi u.
Popovning fikricha, Rossiya tomoni mehnat muhojirlari va Tojikistonni yonilg’i bilan ta’minlash masalasini ijobiy hal qilsa, o’rtada hech qanday muammo bo’lmaydi.
Ekspert Abujabbor Yo’ldoshevning aytishicha, Emomali Rahmon va Putin uchrashuvida yirik Rog’un GESi borasida so’z yuritilmasdan o’rta va kichik GESlar qurilishiga qiziqish borligi haqidagi gap rus hukumatining bu masalada O’zbekiston bilan hamfikr ekanini ko’rsatadi.
Uning fikricha, Rossiya va Tojikiston o’rtasidagi har qanday aloqalar respublikaning O’zbekiston bilan munosabatlariga iliqlik olib kirmaydi.