2009-yildan buyon Tibetda rasmiy Pekin siyosatidan norozilik tariqasida 110 dan ziyod odam o’ziga o’t qo’ydi. Ular Dalay Lamani Tibetga qaytarishni va tibetliklarga erkinlik berishni talab qilgan. Xitoy hukumati esa bu ishlarda Dalay Lamaning qo’li borligini ta’kidlab keladi.
Tibetliklar hayotni muqaddas ne’mat deb hisoblaydi va qadrlaydi. Ammo 2009-yildan buyon o’lkada o’z joniga suiqasd qilish hollari ko’paygan. Faollar badani va hatto og’ziga benzin quyib, odamlar yig’iladigan joylarda o’zini yoqish orqali norozilik bildirmoqda.
"Tibetliklar norozilikni o’zi uchun eng kuchli yo’l bilan ifoda etmoqda – norozilik tariqasida hayotimdan ayrilishga tayyorman, xalqim kelajagini Xitoy ichida tasavvur qilolmayman, demoqda,” – deydi AQSh Kongressining Xitoy bo’yicha komissiyasi vakili Stiven Marshall.
Tibetliklar va Xitoy qo’shinlari o’rtasidagi to’qnashuvlar hamda ommaviy namoyishlar bundan 60 yil avval, Dalay Lama Tibetdan bosh olib chiqib ketishga majbur qilinganidan buyon yuz beradi. Ixtiloflar 2008-yilda, faollar diniy va madaniy erkinliklarning cheklanishiga qarshi chiqqanida yanada kuchaydi.
Tibetlik blogger Sering Vuserning aytishicha, o’ziga o’t qo’yishlar mintaqada vaziyatning qanchalar og’ir ekanini ko’rsatadi.
“2008-yildan buyon butun Tibet hududi, ayniqsa, Lxasada harbiy holat hukm surmoqda. Bunday sharoitda ommaviy namoyish uyushtirishning iloji yo’q, chunki namoyishchilarning darhol hibsga olinishi turgan gap”, - deydi u.
2009-yil 27-fevral kuni Tapey ismli yosh monax Ngaba bozori yaqinida o’ziga o’t qo’ydi. Guvohlarga ko’ra, Xitoy xavfsizlik xizmati zobitlari yonib turgan tanaga bir necha marta o’q uzgan, so’ngra hali jon bermagan faolni qo’lga olib qamoqqa tashlagan.
“1959-yilda Tibetda nazorat o’rnatganidan buyon Xitoy bu xalq madaniyati, dini, siyosatini yo’q qilishga harakat qilib keladi. O’zini yoqish hollari aynan shu siyosat oqibati”, - deydi yana bir tibetlik ziyoli Dondup Rekjong.
Xitoy rasmiylari esa bunday holatlarning ko’payishida Dalay Lamani ayblaydi.
“Yaqinda Xitoyning ayrim hududlarida tibetliklar o’ziga o’t qo’ydi. Voqea sabablarini o’rganish oqibatida ular ortida Dalay Lama va uning hamkorlari turgani aniqlandi,” – deya bayonot bergan edi Xitoy tashqi ishlar vazirligi rasmiysi Xon Li.
Davlat matbuoti esa o’ziga o’t qo’ygan faollarni tushkunlikka tushgan yoshlar deya ta’riflaydi. Ularning shaxsiy yoki oilaviy hayotida muammolar bo’lgan, “Amerika ovozi” kabi radiostansiyalarni eshitish oqibatida tushkunliklari yanada oshgan, deya yozadi xitoylik jurnalistlar.
Vashington rasmiy Pekinni Dalay Lama bilan muzokara olib borishga va Tibetdagi muammoni mahalliy aholi vakillari bilan birgalikda hal etishga undab keladi.
“Qo’shma Shtatlar bu dahshatli fojealarning tugatilishi tarafdori,” – deydi AQSh Davlat departamenti so’zlovchisi Viktoriya Nuland.
Guvohlarning so’zlariga ko’ra, o’zini yoqqan faollar “Tibetni Dalay Lamaga qaytaring” va “Bizga erkinlik kerak”, deya baqirgan. Joniga qasd qilgan 110 erkak va ayoldan 100 nafari olamdan o’tgan. Yuzlab odamlar hibsga olingan. Ularning ba’zilari qamoq jazosi yoki o’limga hukm qilingan.