Breaking News

Turkiya Isroil bilan iliqlashuv jarayoniga chek qo’ydi


Yaqingacha Isroil bilan aloqalarni tiklash bilan shug’ullangan Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdog’an Isroil G’azoni o’qqa tuta boshlashi ketidan uni harbiy jinoyatlarda aybladi, XAMAS terrorchi tashkilot emasligini, ozodlik harakati ekanini aytib, Isroilni diplomatlarini Turkiyadan chiqarishga majburladi.

Xalqaro hayot - 31-oktabr, 2023-yil
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:10:38 0:00

“Erdog’anning ushbu bayonotlaridan so’ng ikki tomonlama iliqlashuvga barham berildi desak mubolag’a bo’lmaydi. 2022-yilda aloqalarni normallashtirish maqsadida boshlangan jarayon endi tugatildi”, - deydi tel-avivlik tahlilchi Lidiya Lindenshtraus.

Erdog’an o’tgan oy BMT Bosh Assambleyasining yillik sessiyasida qatnashish uchun Nyu-Yorkga borganida Isroil Bosh vaziri Benyamin Netanyaxu bilan uchrashgan edi.

XAMASning Isroilga hujumi ketidan Erdog’an o’rtaga tushib vositachilik qilmoqchi bo’ldi. Biroq Isroil na Turkiya, na boshqa davlatlarning diplomatik takliflariga quloq soldi. Shundan so’ng Erdog’an XAMASni ochiqchasiga yoqlab chiqdi.

"Erdog’an mintaqaviy roliga e’tibor yo’qligini ko’rib, vositachilik fikridan voz kechdi, ichki o’yinni o’ynashni afzal ko’rdi”, - deydi turkiyalik tahlilchi Ilhan O’zgel.

Muxolif partiyalar Isroilning G’azoga hujumlarini qoralab, mamlakat bo’ylab namoyishlar o’tkazayotganini ko’rgan Erdog’an diniy tarafdorlari nazaridan qolmaslik va tashabbusni siyosiy raqiblariga berib qo’ymaslik uchun Isroilga qarshi tanqidlarini kuchaytirdi.

“Erdog’an jamoatchilik kayfiyatlaridan foydalanyapti. Shu bilan birga, G’arbdan uzoqlashib ketmaslik uchun Shvetsiyaning NATOga a’zolik arizasini tasdiqlashga ishora qildi. Ammo bundan foyda chiqadi deb o’ylamayman, chunki o’ta qattiq bayonotlar qilyapti - AQShga qarshi, Isroilga qarshi. XAMASni himoya qilyapti”, - deydi siyosatshunos Sezin O’ney.

Galliya Lindenshtraus nazarida, G’azodagi amaliyot bilan ovora Isroil shu tobda Turkiya bilan jiqqalashishni istamaydi, vaziyatni tinchlantirishga harakat qiladi.

“Isroil qo’shnilari, Turkiya bilan mavjud ziddiyatlarning kuchayishini istamaydi. Fikrimcha, Isroil hukumati Turkiya bilan bevosita to’qnashuvgacha bormaydi. Turkiyaning gaplariga, harakatlariga diqqat bilan e’tibor beradi”, - deydi tahlilchi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG