Breaking News

Turkiya Ukrainani qurollar bilan ta’minlashga faol kirishmoqda


Ukraina o’q-dori yetishmovchiligidan noliyotgan bir paytda AQSh Turkiya yordamida tanqislik muammosini hal qilishga urinmoqda.

Xalqaro hayot - 6-iyun, 2024-yil - Putinning ogohlantirishi. Isroilning G'azoda yana bir qonli hujumi
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:11:19 0:00

Texas shtatida Turkiyaning “Repkon” kompaniyasi bilan hamkorlikda o’q-dori ishlab chiqaruvchi yangi korxona ishga tushdi.

“Turkiya nafaqat ishlab chiqarish, balki hatto Ukrainani qo’llab-quvvatlagani uchun zaxiralari kamayib borayotgan AQShni ham ta’minlash salohiyatiga ega”, - deydi Vashingtonda asoslangan Demokratiyalarni himoya qilish jamg’armasi eksperti Sinan Jiddiy.

AQShning Turkiyadagi elchisi Jeff Fleyk ikki tomonlama hamkorlikni olqishlarkan, uni kuchayib borayotgan aloqalar ahamiyatining belgisi deb atadi.

Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdog’anning Rossiya rahbari Vladimir Putin bilan yaqin aloqalari Anqara-Vashington munosabatlarida ziddiyatlarga sabab edi.

Turkiyaning harbiy dronlar ishlab chiqaruvchi “Baykar” kompaniyasi esa Ukrainaning o’zida dron zavodini qurmoqda.

“Urush sharoitida Ukrainada zavod qurish xavflidir. Ammo buning siyosiy ma’nosi bor. Shunday bo’lsa-da, bu Turkiyaning urushga bo’lgan munosabatiga ta’sir qilmaydi”, - deydi tahlilchi Tayfun O’zberk.

Kuzatuvchilar Turkiyaning Ukrainaga yordami uning Moskva va G’arbdagi ittifoqchilar bilan aloqalari uchun sinov bo’lishini ta’kidlaydi.

“Turkiyaning Rossiyaga doir siyosatini yaxlit deb ko’rmaslik kerak. Taraflar ko’p muhim mavzularda kelishmaslikka kelishishi mumkin. Masalan, Suriyadagi vaziyat, Ukraina urushi. Ammo Rossiya va Turkiya ko’plab boshqa sohalar, masalan, energetika savdosi bo’yicha hamkorlik qilaveradi”, - deydi turkiyalik tahlilchi Sine O’zkarashahin.

Turkiya Ukraina va G’arb davlatlari bilan mudofaa bobida hamkorlikni kuchaytirayotgani bilan Rossiyaning muhim savdo hamkori hamdir, G’arbning Rossiyaga qarshi sanksiyalariga qo’shilmagan.

“AQSh Moliya vazirligi turk kompaniyalarini Rossiyaga ukrainaliklarga qarshi qo’llanilayotgan qurollar ishlab chiqarishda qo’l kelayotgan mikrochiplar kabi ikki maqsadli mahsulotlar hamda harbiy qismlar sotayotgani uchun qora ro’yxatga qo’shgan. Turkiya har ikki tarafdan foydalanmoqda. Bu esa AQShni qiyin ahvolga solib qo’yyapti, Vashington Turkiyaning ikki taraflama o’yiniga ko’z yumishga majbur bo’lyapti”, - deydi Sinan Jiddiy.

Turkiya o’zida ishlangan beshinchi avlod qiruvchi samolyotini sinovdan o’tkazar ekan, Prezident Erdog’an Turkiya mudofaa sanoati ahamiyatining oshayotganiga urg’u bermoqda.

Harbiy sanoat nufuzining ko’tarilishi turk diplomatlariga Turkiyaning Rossiya va G’arb bilan munosabatlarini muvozanatlashtirishdek qiyin vazifani yuklamoqda.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG