Turkiya armiyasi Suriyaning janubiy chegarasi yaqinida havo mudofaasi batareyasini o’rnatgan. Hukumat favqulodda yig’in o’tkazib, AQShning Suriyaga qarshi kutilayotgan hujumining oqibati qanday bo’lishini muhokama qildi. Xalqaro hamjamiyat Suriyaga qarshi hujumning oldini olishga harakat qilar ekan, Turkiya og’ir ahvolda qolgan ko’rinadi.
Turkiya bosh vaziri Rajab Toyib Erdog’an kecha vazirlar mahkamasidagi ana shu yig’inga raislik qildi.
Damashqning tinch aholiga nisbatan kimyoviy qurol ishlatgani haqidagi iddaolar o’tgan oyda yangray boshlaganidan buyon Anqara keskin chora ko’rish kerakligini ta’kidlab kelmoqda.
Istanbuldagi Bog’chashahar universitetidan xalqaro munosabatlar bo’yicha mutaxassis Chingiz Aktar fikricha, agar Vashington Suriyaga hujum qilsa, Turkiya Damashqning javob hujumiga uchrashi mumkin.
“Suriyaga qarshi urush boshlash kerak, deb eng ko’p aytayotgan mamlakat aynan Turkiya. Ammo kuzatuvchilar oqibati yomon bo’lishi haqida ogohlantirmoqda. Suriya armiyasi Turkiyani o’qqa tutishi mumkin. Buni hisobdan chiqarib bo’lmaydi. Bu holning esa Turkiya, mintaqa va Suriya uchun oqibati juda yomon bo’ladi,” - deydi ekspert.
O’tgan hafta Suriyaning yuqori martabali diplomati qo’shni mamlakatlar AQSh hujumini qo’llasa, ular nishonga olinishi mumkinligi haqida ogohlantirgan edi.
Turkiya Suriya bilan 900 kilometrlik sarhad bo’ylab tank va askarlar tortgan. Chegara yaqinida, shuningdek, yaqin masofaga uchadigan raketalar o’rnatilib, kimyoviy qurolga qarshi kurash uchun maxsus bo’linmalar joylashtirildi.
Lekin ko’rilayotgan choralarga qaramay Turkiya Suriyaning hujumi oldida zaif, deydi iste’fodagi harbiy Haldun Solmazturk:
“Suriya Turkiyaga bas kelolmaydi, albatta. Ammo qayta hujum qilishda u Turkiyaga jiddiy zarar yetkazishga qodir, masalan, artilleriya, raketalar va hatto kimyoviy qurolni ishga solib. Bunga shubha yo’q. Turkiya armiyasi kimyoviy hujumga tayyor emas, desam adashmayman. Vaholanki, Turkiya va Suriya o’rtasidagi mojaroda kimyoviy qurol ishlatilishi ehtimoli yo’q emas”.
Rasmiy Anqara AQSh hujumi tarafdori bo’lsa-da, aksariyat turklar urushga qarshi.
“Har qanday urushga qarshimiz, nafaqat Suriya, balki ilgari Iroq bilan urushni ham oqlamaganmiz. Siyosatchilarimiz Amerikaning Suriyaga hujumini qo’llab xato qildi”, - deydi istanbullik bir yigit.
Turkiyaning “Haber Turk” gazetasi siyosiy muxbiri Soli Ozel fikricha, rasmiy Anqaraning Suriyaga qarshi urushni qo’llab-quvvatlashi aholining jiddiy noroziligiga sabab bo’lganicha yo’q, ammo vaziyat tezda o’zgarishi mumkin.
“Turkiya siyosati ichki vaziyatga bog’liq. Ammo Suriya mojarosi mamlakat ichidagi ayrim nizolarni qo’zg’atdi. Agar Suriya Turkiyaga qarshi hujum uyushtirsa va odamlar halok bo’lsa, xalq munosabati keskin o’zgarishi hech gap emas,” - deydi jurnalist.
Anqara hozircha rasmiy bayonot berganicha yo’q. Na armiya vakillari, na Mudofaa vazirligi qo’shimcha choralar xususida so’z ochdi.