Breaking News

AQShda Xristofor Kolumb haqida bahslar tinmaydi


Arxivdan: Xristofor Kolumb amerikaliklar uchun kim?
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:02:03 0:00

Xristofor Kolumb amerikaliklar uchun kim?

AQShda har yili oktabr oyida Xristofor Kolumb kuni nishonlanadi. Yevropaliklar uchun Amerikani kashf etgan bu tarixiy shaxs bilan ko’plar faxrlansa, boshqalar uni tanqid qiladi va bayramni bekor qilish kerak, deydi.

Xristofor Kolumb va uning dengizchilari Amerika sohillariga yetib, yevropaliklar uchun Yangi dunyoni kashf etgan kun.

Kolumb italiyan bo’lgani sababli italyanlar u bilan faxrlanadi. Italiyan amerikaliklar milliy jamg’armasi prezidenti Jon Viola bayram ahamiyatini izohlaydi:

“Biz uchun bu kun - ona-diyor ravnaqiga qo’shib kelayotgan hissamizni, avlod-ajdodlarimiz tarixini nishonlash imkoniyati. Fikrimcha, Kolumb kuni butun mamlakat uchun immigrantlardan tarkib topgan bu o’lkani qutlash imkoniyati,” - deydi u.

Ayrimlar Kolumb dunyo kezib, yangi yerlarni kashf etgan desa, boshqalar uning faoliyatini salbiy baholaydi.

Jorj Meyson universiteti professori, tarixchi Jo Jenetin-Pilava Kolumb Amerikada azaldan yashagan aholi vakillarini qulga aylantirgani haqida gapiradi. Yuz minglab odamlar yevropaliklardan turli kasalliklar yuqtirib, qirilib ketgan, deydi u.

“Amerikaga ilk bor 1492-yilda kelgan bo’lsa, 1502-yilga borib, ya’ni 10 yil ichida Bagama orollarida yashagan Taino qabilasi qirilib ketgan. Bir milliondan 500 odamgacha kamaygan".

Amerika hindilari milliy kongressi rahbari Robert Holden Kolumb tarixi doim o’zgarib turgan, deyi.

“Tub aholi orasida doim bu tarixga oid savollar bo’lgan, vaholanki, tarix kitoblari hindi bo’lmagan odamlar tomonidan hindi bo’lmagan odamlar uchun yozilgan,” - deydu u.

Jorj Vashington universiteti professori Devid Silverman to’la tarixni o’rganish va oshkor etish kerak, degan fikrda.

“O’tmishning faqat u yoki bu jihatini oshkor etib, qolganini yashirish noto’g’ri. Borini aytish kerak. Shunda Kolumb haqiqiy odam bo’lganini tushunamiz”.

Ayrimlar bu bayram nomini Tub aholi kuniga o’zgartirish kerak, deydi. Boshqalar esa Amerika tub aholisi o’z tarixini boshqa kuni nishonlashi tarafdori.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG