AQSh dunyo mamlakatlari orasida eng qimmat tibbiy xizmatlar tizimiga ega. Ammo bu eng samarali degani emas. Amerikaliklar sarflangan pulga yarasha yuqori sifatli xizmat ololmaydi. AQSh sog’liqni saqlash tizimini o’rgangan olimlar shunday xulosaga kelgan.
So’nggi 30 yilda tibbiy xizmatlar kamida ikki baravar qimmatlagan. Ammo bugun amerikaliklar 80-yillarga qaraganda sog’lomroq emas.
Doktor Hamilton Mozes o’tkazgan tadqiqotda shunday xulosaga kelgan. Izlanish natijalari “Amerika tibbiy uyushmasi jurnali”da (“Journal of the American Medical Association”) chop etilgan.
“Izlanish uchun barcha ma’lumot jamoatchilik uchun ochiq manbalardan olindi. Bu juda muhim jihat. Ma’lumotni to’plashdan ko’ra tahlil qilish, tushunarli shaklga keltirish qiyinroq bo’ldi,” - deydi doktor Mozes.
Olimlar so’zlariga ko’ra, 2011-yilda amerikaliklar tibbiy xizmatlar uchun taxminan 3 trillion dollar sarflagan. Narxlarning oshishiga ikki asosiy omil sabab bo’lmoqda.
Birinchidan, tibbiy va ma’muriy xizmatlar narxi oshgan. Dorilar, davolash tadbirlari hamda tibbiy asbob-uskuna qimmatlagan.
Amerikaliklarning texnologiyaga ixlosi muammoga aylangan, deb hisoblaydi doktor Mozes.
“AQSh texnologiyaga o’ch. Biz zamonaviy texnologiyani yaxshi ko’ramiz. Muammolar kaliti texnologiyada deb o’ylaymiz”.
Holbuki, texnologiya doim masalaga yechim bo’lolmaydi. Ikkinchi omil – odamlarning nosog’lom hayot tarzi. Tamaki chekish, ko’p ovqat yeyish natijasida semizlik, diabet, yurak xastaliklari, bo’g’inlar va o’pka kasalliklari ko’paygan. Surunkali kasalliklarni davolash juda qimmat.
“Xronik kasalliklarni davolash yoki sog’liqni saqlash tizimidagi innovatsiyalarga yetarli e’tibor berilmay kelingan. Asosiy diqqat tibbiy texnologiyalarga qaratiladi,” - deydi doktor Mozes.
Vaholanki, harakat va parhez yordamida ko’pgina kasalliklarning oldini olish mumkin, deydi u.
Shunga qaramay, kasalliklarning oldini olish Amerikada sog’liqni saqlash tizimiga kirmaydi. Parhez masalalarida mutaxassisga murojaat qilish yoki jismoniy tarbiya guruhlariga yozilish qimmat, tibbiy sug’urtalar odatda buni qoplamaydi.
"Tibbiy xizmatga sarflangan jami pulni olsak, xronik kasallikka chalinganlar 85 foizni tashkil etadi,” - deydi suhbatdosh.
Mozes o’tkazgan tadqiqotdan ayon bo’lisicha, surunkali kasalliklarga katta mablag’ sarflaydiganlar keksalar emas, shuningdek, xarajatlar ularning uzoqroq umr ko’rishini kafolatlamaydi.
Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti chiqargan yangi hisobotga ko’ra, Amerika boshqa rivojlangan davlatlarga qaraganda sog’liqni saqlashga 2,5 baravar ko’p pul sarflaydi. Lekin tashkilotga a’zo 36 davlat orasida umrning uzoqligi jihatidan 26 o’rinda turadi.