Breaking News

Amerika Mustaqilligining 243 yilligi


Amerikada Mustaqillik kuni tantanalari
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:02:13 0:00

Amerikada Mustaqillik kuni tantanalari

Qo’shma Shtatlar mustaqillikning 243-yilligini nishonlar ekan, bu yilgi tantanalar o’zgacha ruhda o’tmoqda. Prezident Donald Tramp 4-iyul bayramiga harbiycha tus berishga qaror qildi.

​Ushbu manzara, musiqa sadolari barcha amerikaliklarga tanish. Kapitoliyda an’anaviy marosim. Ammo sal nariroqda Prezident Donald Trampning ko’rsatmasi bilan “Amerika sharafiga salyut” degan boshqa bir tadbirga tayyorgarlik ketmoqda.

“Amerikacha nishonlash shunday-da? Esda qoladigan bayram bo’lishini istaymiz”, - deydi Fil Gruchchi.

Uning mushak ishlab chiqaruvchi kompaniyasi bu yilgi tantanalarda mushakbozlikka, shuningdek, tanklar paradiga ham homiy. Prezident uni tvitterida maqtadi. Milliy bayramga harbiy tus berilayotganidan ayrimlar norozi. Boshqalar esa qarshi emas.

“Yurtimizga xizmat qilganlar va ularning oilalari bilan faxrlanaman. Prezidentimiz ularning xizmatini tan olib, nishonlayotganiga rahmat”, - deydi sayyoh Brent Hoban.

Tramp alohida tadbir uchun AQSh Milliy bog’lar agentligi byudjetidan foydalanayotgani Kongressda tanqidlarga sabab bo’lmoqda. Qonunchilar deydiki, prezident uyushtirayotgan siyosiy tadbirga soliq to’lovchilarning puli sarflanmasligi kerak.

Tramp maslahatchisi Kelian Konvey prezident nutqiga to’xtalib o’tdi.

“Prezident buyuk demokratiyamiz, vatanparvarlik, yangi ish o’rinlarini yaratishda bu hukumatning yutuqlari, veteranlar haqida gapiradi”, - deydi u.

Amerikaliklar mustaqillikning 243 yilligini nishonlarkan, ko’chalar gavjum. Kechga borib an’anaviy mushakbozlik boshlanadi. Prezidenti Tramp Linkoln yodgorligidan turib nutq so’zlaydi. Ob-havo tantanalarni pisand qiladigan emas. Vashingtonda kechga borib chaqmoq bilan kuchli yomg’ir kutilmoqda.

4-iyul AQShda qanday kun?
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:01:00 0:00

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG