AQSh Mehnat vazirligiga ko'ra, o'tgan haftada mamlakatda ishsiz ekanini aytib, hukumatdan yordam so'raganlar soni 198 mingga tushgan. Oq uy uchun bu yutuq, deydi rasmiylar.
Ammo, deya eslatadi ekspertlar, koronavirus pandemiyasi davom etar ekan, ishsizlar ham ortaveradi.
"Oxford Economics" firmasidan Nensi Vanden Huten tahlilicha, hukumat ishsizlikka qarshi samarali kurashmoqda, ammo pandemiya sabab yanada ogoh turishi joiz.
Hamon ishsizman deb murojaat qilganlar soni 2 millionga yaqin. O'tgan ikki yil mobaynidagi eng past ko'rsatkich.
Oktabr oyida AQShda 11 million vakansiya qayd etilgan. AQSh bo'ylab ishsizlik hozir 4 foiz atrofida.
Facebook Forum