Poytaxt Vashingtondagi Smitson muzeyi dunyodagi eng yirik san’at jamlanmalaridan biri. Zamonaviy san’at asarlari namoyish etiladigan Renvik galereyasi shu kunlarda 40-yilligini nishonlamoqda. E’tibor 40 yoshgacha bo’lgan 40 ijodkorda. Sopol, yog’och va oynadan tortib to ip va lampalargacha – yaqinda ochilgan maxsus ko’rgazmada hammasidan bor.
Mett Maltrop yog’och bilan ishlaydi, ustalar avlodidan. Otasi Filip ham yog’ochdan san’at asarlari yaratgan. Buvasi Edvard ham mashhur bo’lgan.
Mett bolaligidan san’atga berilgan, ijod - uning hayoti.
"Ota kasbim shu", - deydi u. “Lekin bu yo’l bilan tirikchilik qilaman deb o’ylamagan edim. Ammo oilam qo’llab quvvatladi. O’zimni sinashga qaror qildim va omad chopdi... Avlodimizning boshqa vakillariga o’xshab yaxshi ishlashga harakat qilyapman”.
Mett yaratgan asar Amerika san’ati Smitson muzeyining Renvik galereyasida ko’rgazmaga qo’yildi. Ko’rgazma yoshi 40qa chiqmagan 40 nafar san’at ustasi asarlaridan tarkib topgan.
Maltrop mana bu xumni qizil zarang daraxtidan yasadi.
“Yog’och - tabiatning bir qismi, uning nafaqat usti, balki ichi ham go’zal, noyob. Ishlagan sari go’zallikni kashf etadi odam”.
Renvik galereyasining 40-yilliga bag’ishlangan bu ko’rgazmani Nikolas Bell uyushtirdi. Eskponatlar orqali o’tmishga emas, balki kelajakka boqamiz, deydi u.
“Ularga qarab, ko’ngil ko’tariladi, ular e’tiborni o’ziga tortadi. Men yog’och bilan ishlayotgan ustalar orasidan Mett Maltropni tanladim, chunki
u ota-bobolaridan meros qolgan ish bilan mashg’ul… Lekin biroz boshqacha ishlaydi. Yog’ochga boshqacha yondashadi, uslubida farq bor”.
Bell deydiki, ko’rgazma eksponatlari bir-biridan keskin farq qiladi. Lekin hammasining bir umumiy jihati bor – ular odamni o’ylantiradi:
“Eksponatlarimiz rang-barang. Orasida qog’ozdan yasalgan 5,5 metrlik installyatsiya bor… Xitoy choynaklaridan yasalgan daraxt… Eski omborxonaning bir qismi ham shu yerda… Hamma tarafdan yorug’ tushadigan xona… Turli narsalarga qo’l urishga qaror qildik”.
Mana bu yerda esa xonadagi jihozlardan odamlarni ajratib bo’lmaydi.
“Muzeyga kelgan odam san’at ham, hunar ham nihoyatda keng tushunchalar ekanini tushunsin, deyman. Eksponatlarning shakli, ko’rinishi boshqa-boshqa bo’lsa ham, hammasining ahamiyati katta, ta’siri juda kuchli,” - deydi Bell.
Mett Maltrop ko’rgazmada qatnashish sharaf deydi.
“Men bu imkoniyatdan juda minnatdorman. Ko’rgazmada ishtirok etyapman axir”.
U farzandlarim ham ijodkor bo’lsin, yog’och bilan ishlasin, deydi. Ustalarning tortinchi avlodi…