O’tgan haftada Texas shtatining Ostin shahrida dabdabali musiqa festivali bo’lib o’tdi. Minglab yosh qo’shiqchi va bastakorlar qatnashib, o’ziga agent topish, studiya bilan kontraktni qo’lga kiritish va sohaning tajribali vakillari e’tiborini jalb qilishga harakat qildi. Ayrimlari 1950-yillarda dong’i ketgan mashhur rok ustasi Baddi Xolli bevasidan yordam olish imkonini ham qo’lga kiritdi.
Festivalda turli uslubdagi musiqa yangraydi. Unda 1959-yilda bevaqt vafot etgan taniqli xonanda va kompozitor Baddi Xolli ham xotirlandi. 22 yoshli Xolli gastrol safarida samolyoti portlab halok bo’lgan.
Tadbir Baddi Xolli jamg’armasi tomonidan uyushtirilgan. Marhum xonanda bevasi Mariya Elena Xolli asosiy tashkilchilardan.
Jamg’arma iste’dodli yoshlarga muvaffaqiyatga erishishda yordam beradi. Mariya Elena deydiki, yosh Baddi Xolli musiqa biznesi qoidalarini yaxshi bilmagani bois bir nechta qo’shig’iga mualliflik huquqini boy bergan:
“O’sha davrda Baddi bastalagan qo’shiqlarni boshqalar o’g’irlagan”.
Jamg’arma tuzishni aslida Baddining o’zi taklif qilgan edi, deydi Mariya Elena.
“U doimo “pul topsam yoshlarga yordam beraman, mening boshimga tushgan kunlarni hech kimga ravo ko’rmayman”, der edi”.
Musiqa sohasida mualliflik huquqlari bilan shug’ullanadigan advokat Stiven Isli jamg’arma yosh san’atkorlarga biznesni o’rganishda yordam berishini aytadi.
“Studiya bilan kontrakt imzolash, musiqa uchun litsenziya olishlarni o’rgatamiz”.
Islining bildirishicha, kelasi yildan boshlab Baddi Xolli jamg’armasi yosh iste’dodli san’atkorlarga 10 ming dollarga teng mukofot berib, bepul menejment xizmatini ham taklif etadi.
“Bugun gitara chaladigan har bir san’atkor musiqasi asosida Baddi Xolli asarlari bor,” - deydi Isli.
“Vagonirs” guruhi Xolli bastalagan ko’pgina qo’shiqlarni ijro etadi. Ular mo’jizaning o’zginasi, deydi Monti Uorden.
“U va Chak Berri rok uslubida birinchi bo’lib musiqa yozgan. Bu musiqa boshqalaridan ajralib turadi. Shu sababdan ular yangi avlod orasida ham mashhur, ta’siri katta. Va shundayligicha qoladi”.
Rey Garsia kasbdoshlari bilan Nyu-Meksikodan kelgan. Xolli musiqasi haqida shunday deydi:
“Menga juda yoqdi. Bu qo’shiqlarni o’zim ham ijro eta olardim deb o’ylayman”.
Xolli vafotidan ancha keyin tug’ilgan yosh ijrochilar qo’shiqlar juda dolzarb, deydi.
Baddi Xolli jamg’armasi va Mariya Elena Xolli kompozitorning qo’shiqlari esimizdan chiqmasin, shunga harakat qilaylik, deydi.