Breaking News

Amerika o'z tabiiy gaz zaxiralariga e'tibor qaratmoqda


"Neftdor slanets, tog’ jinsi hamma yoqda bor. Uning nimaligini bilasizmi? U gaz bo’lgan joyda bo’ladigan tosh. Gaz qazib olinadigan har bir hududda slanets ham bor”,- deydi yetuk mutaxassis Ken Medlok
"Neftdor slanets, tog’ jinsi hamma yoqda bor. Uning nimaligini bilasizmi? U gaz bo’lgan joyda bo’ladigan tosh. Gaz qazib olinadigan har bir hududda slanets ham bor”,- deydi yetuk mutaxassis Ken Medlok

Bir necha yil ilgari AQSh hukumati mamlakatning gaz zaxiralari kamaymoqda deya bong urib, bu mahsulotni Yevropa va Yaqin Sharqdan olib kelish payiga tushgan edi.

Bugungi kunda Amerika o’z tabiiy gaz zaxiralariga diqqat qaratmoqda. Trillionlab kubometr ustida so’z ketmoqda. Texas shtatidan tortib Pensilvaniyagacha, bu boylikni qazishning yangi usullari qo’llanilmoqda.

Bundan 5-6 yil avval AQSh gaz zaxiralari kamayayotgani ma’lum bo’lganida, Rossiyaning Gazprom kompaniyasi Atlantika okeani bo’yidagi portlariga, Qatar kompaniyalari esa Texasga suyuqlashtirilgan tabiiy gazni maxsus konteynerlarda yetkazish ustida ishlar boshlab yuborgan edi.

Amerika o'z tabiiy gaz zaxiralariga e'tibor qaratmoqda
Amerika o'z tabiiy gaz zaxiralariga e'tibor qaratmoqda

Lekin ko’p o’tmay rejalar to’satdan o’zgarib ketdi. Chunki Amerikaning olisdan keltiriladigan gazga muhtoj emasligi aniqlandi.

Yaqinda Texasning Xyuston shahridagi Rays Universitetining Jeyms Beyker Instituti “Neftdor Slanets va AQSh davlat xavfsizligi” deb nomlangan katta bir hisobot e’lon qildi.

Uning mualliflaridan biri Ken Medlok “Amerika Ovozi” bilan suhbatda mana bunday deydi:

“AQShga suyuqlashtirilgan tabiiy gazni yetkazib berish ustidan jiddiy ishlar olib borilgan edi. Ammo mamlakatda ishlab chiqarilayotgan gaz hajmi shu qadar oshdiki, importga hojat qolmadi”.

Medlokning tushuntirishicha, bu nafaqat AQSh iqtisodi, balki bu davlatga gaz sotmoqchi bo’lgan mamlakatlar iqtisodi uchun ham ijobiy yangilik.

“Endilikda bu gaz Yevropa va Osiyo mamlakatlariga sotilishi mumkin”, - deydi mutaxassis.

Darhaqiqat, Rossiya gaziga qaram bo’lgan Yevropa uchun bu xush xabar bo’ldi. 2006 yilda Kreml quvurlarni berkitib Ukrainaga gaz bermay qo’ygani Yevropaga jiddiy ta’sir qilgan edi.

Amerika o'z tabiiy gaz zaxiralariga e'tibor qaratmoqda
Amerika o'z tabiiy gaz zaxiralariga e'tibor qaratmoqda

O’shandan buyon ba’zi mamlakatlar, xususan Polsha o’z gazini qazib olish ustida ishlar olib bormoqda. Polyak va yevropalik boshqa mutaxassislar tajriba almashish uchun Texasga ham kelib ketmoqda.

Medlok yerosti boyligini qazib olishning AQShda qo’llanilayotgan yangi uslubi bir necha mamlakatga yordam berishi mumkin, deydi.

“Nafaqat Polsha, balki Yevropaning boshqa mamlakatlarida ham bu sohada jiddiy ishlar olib borilyapti. Neftdor slanets, tog’ jinsi hamma yoqda bor. Uning nimaligini bilasizmi? U gaz bo’lgan joyda bo’ladigan tosh. Gaz qazib olinadigan har bir hududda slanets ham bor”.

Medlok fikricha AQShning o’z gaz boyliklariga egaligi hatto gazga azaldan boy bo’lgan Eronning yadroviy qurol ustidagi ishlarini cheklab qo’yishi mumkin.

Ammo AQShda bu borada ulkan bir muammo bor - gaz qazib olishda atrof-muhitga yetadigan zarar. Tadqiqotlar shuni ko’rsatadiki, bu sanoat joylashgan hududlarda suv zaxarlangan.

Medlok nazarida ob-hayotning buzilishi gaz bilan bog’liq bo’lmasligi mumkin. Buni chuqurroq tekshirish kerak, deydi u, gaz ko’mirga qaraganda ekologik jihatdan ancha toza.

Hozirda AQSh ekologiya agentligi bu masalani o’rganib chiqmoda. Tadqiqot keyingi yilgacha davom etadi. Ayni vaqtda Texas Universiteti ham alohida izlanish olib bormoqda.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG