Breaking News

AQSh Pochta xizmati saylovga tayyormi?


Amerikaliklar pandemiya tufayli saylovda ovozlarini, asosan, pochta orqali berishi mumkin. Tarixda bunday bo’lmagan hali. Biroq Kongressdagi demokrat qonunchilar pochta tizimi bunday ko’lamda xizmat qilishga tayyor emas, deya ogohlantirmoqda. 22-avgust kuni Vakillar Palatasi xizmatga 25 million dollar ajratish uchun ovoz berdi. Endi Senat bu masalaga bir qarorga kelishi kerak.

“Istasangiz, saylov uchastkasiga borib ovoz berishingiz mumkin. Pochta orqali ovoz berishingiz ham mumkin. Biroq agar pochta saylov qog’ozini kech yekazsa, ovozingiz hisobga olinmasligi mumkin”, - dedi Senatda demokratlar sardori Chak Shumer.

Xalqaro hayot – 21-avgust, 2020-yil
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:08:58 0:00

AQSh Pochta xizmati davlat idorasi bo’lib, uning rahbari Luis DeJoy ushbu lavozimga yoz boshida tayinlangan. Respublikachilar partiyasi uchun xayriya to’plagan rasmiy pochta qutilarining ba’zilari olib tashlanishini, maktublarni saralovchi jihozlarning bir qismi ishdan chiqarilishini, pochta xizmatlarining ish soatlari o’zgartirilishini e’lon qildi.

Prezident Tramp o’zgarishlarni olqishladi. Davlat rahbari ovozlar pochta orqali berilishiga qarshi. Uning “Twitter”dagi sahifasida aytishicha, bu Amerika tarixida eng xato, eng soxta saylov bo’ladi. Ovozlar to’g’ri, xavfsiz va o’z vaqtida berilishi uchun Tramp saylovni kechiktirish kerakmikan degan savolni o’rtaga tashlagan.

Demokratlar DeJoy taklif qilayotgan o’zgarishlarni saylovchilarni pochta orqali ovoz berish niyatidan qaytarishga qaratilgan harakat deya ko’rdi.

“Amerika saylovini izdan chiqarish, natijalarini soxtalashtirish uchun pochta xizmati ishiga aralashish qonunga xilof ekanini hamma yaxshi biladi. Pochta rahbari Donald Tramp buyrug’iga ko’ra aynan shu ishni qilmoqda”, - dedi demokrat senator Kris Van Xollen.

AQShning kamida 20 shtatidagi demokrat prokurorlar pochta xizmatiga o’zgarishlar oqibatida saylov byulletenlari kech kelsa, xizmatni sudga berishini bildirdi. DeJoy islohotlar u bu ishga kelishidan ancha oldin rejalanganini aytib, o’zgarishlarni saylovdan keyinga qoldirishga rozi bo’ldi.

Pochta xizmatiga ko’p sondagi saylov byulletenlarini o’z vaqtida manzilga yetkazishda yordam berish uchun Vakillar palatasi spikeri Nensi Pelosi qo’shimcha mablag’ ajratishga undamoqda.

“Pochta boshlig’iga ishonchim yo’q”, - dedi u.

DeJoy shu mavzuda hisobot berish uchun Kongressdagi tinglovlarga chaqirtirilgan. Biroq demokatlarning aytishicha, ba’zi o’zgarishlar joriy etib bo’lingan va saylovgacha ularni o’z holiga qaytarib bo’lmaydi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG