Breaking News

Vatandagi manzara: Internet ustidan nazorat yanada kuchaydi


Vatandagi manzara: Internet ustidan nazorat yanada kuchaydi
Vatandagi manzara: Internet ustidan nazorat yanada kuchaydi

O’zbekistonda axborot olish taqiqlangan saytlar ro’yxati bu gal “UZ” zonasidagi domenlar hisobiga ham ko’paymoqda. Shuningdek, qora ro’yxatga Rossiyaning ko’plab axborot vositalari ham kiritilgan.

Rus axborot agentliklari, turli nashr va gazetalarining internet sahifalariga yaqingacha O’zbekistondan kirish imkoniyati mavjud edi. Ammo Rossiyaga qarashli ijtimoiy tarmoqlarda yangiliklar sahifasi ustidan nazorat kuchaytirilgan, O’zbekistonga tegishli axborotlar yopilgan.

O’zbekistonda mustaqil axborot vositari to’sib qo’yilishi yangilik bo’lmasada, rasman ro’yxatdan o’tgan saytlarga ham taqiq qo’yilishi birinchi bor kuzatilmoqda.

Vatandagi manzara: Internet ustidan nazorat yanada kuchaydi
Vatandagi manzara: Internet ustidan nazorat yanada kuchaydi

Avvaliga O’zbekiston haqida mustaqil axborot tarqatuvchi internet axborot vositalari, jumladan ”Amerika Ovozi” sahifasi hamda muxolif partiyalar saytlariga to’siq qo’yilgan bo’lsa, keyingi payt filtr qamrovi kengayib bormoqda.

“UZ” domenidagi saytlar qanday sabablarga ko’ra senzuraga olingani haqida hozircha biror ma’lumot yo’q. Taqiqlar boshida turgani taxmin qilinayotgan O’zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligining veb sahifasida ham (www.aci.uz), internet ta’minoti uchun mas’ul boshqa tashkilotlar sahifasida ham bu holat yuzasidan izoh uchramaydi.

Mahalliy matbuotda “milliy internet festival” boshlangani haqida xabarlarnigina o’qish mumkin.

”Pravda Vostoka” gazetasining yozishicha, festival O’zbekiston mustaqilligining 20 yilligi munosabati bilan tashkil etilgan. Gazetaga ko’ra hozirga kelib O’zbekistonda 7,7 million aholi internetdan foydalanadi, ularning yarmidan ko’prog’i mobil vositalar orqali global tarmoqqa ulanadi.

Ikkinchi darajadagi “UZ” zonasida faol ishlayotgan domenlar soni 12 mingdan oshgan. Bundan tashqari, uchinchi darajali “UZ” zonasida ham bir necha ming domenlar harakatda ekani qayd etilgan.

Vatandagi manzara: Internet ustidan nazorat yanada kuchaydi
Vatandagi manzara: Internet ustidan nazorat yanada kuchaydi

Global tarmoqda o’zbek tilini rivojlantirishni maqsad qilgan milliy internet festivali 26 sentabrgacha davom etadi.

Festival O’zbekistonda internet ustidan taqiq qamrovi kengayishi barobarida kuzatilmoqda. Hukumat nustaqil axborot saytlari qanday sabablarga ko’ra to’silayotgani yuzasidan izoh bermaydi.

Ayni paytda o’zbekistonliklar uchun internetdan mustaqil axborot olishning yagona imkoniyati - blokirovkani aylanib o’tishdir. Prezident Islom Karimov matbuotchilar kuni munosabati bilan jurnalistlarni tabriklar ekan, “internetda axborot devorini o’rnatish niyatida emasligini” ta’kidlab o’tgan edi.

Biroq bu bayonotdan qat’iy nazar, mamlakat haqida mustaqil axborot beruvchi saytlarni to’sish davom etmoqda.

So’z erkinligi bo’yicha xalqaro hisobotlarda O’zbekiston, mana bir necha yildirki, internet dushmani deb ko’rilgan davlatlar qatorida ko’rsatiladi.

XS
SM
MD
LG