Breaking News

Feminizm haqida bugun tasavvur qanday?


Feminizm va bugungi zamon/Women's Movement at 50
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:04:07 0:00

Feminizm va bugungi zamon/Women's Movement at 50

50 yil avval Amerikada Betti Fridan ismli mutaxassis ayollarning jamiyatdagi roli haqida kitob yozib, kuchli bahs-munozara uyg’otib yuborgan. Oilada ham, ishda ham xotin-qizlarga keng vakolat berish kerak deya odamlarni jinsiy tenglik haqida jiddiyroq o’ylashga undagan.

“Feminine Mistique" (Ayol sir-sinoati) nomli bu asar 3 million nusxada sotilgan va millionlab qiz-juvonlarni o’z haq-huquqini talab qilishga yetaklagan.

Bugun Qo’shma Shtatlar va umuman dunyoda feminizm haqida tasavvur qanday?

Ayollar huquqi/Nasiba Tohir
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:02:59 0:00
Yuklab oling

1950-yillar - ma’lumotli ayollar faqat uy bekasi va ona roliga qanoat hosil qilib yashashdan bosh torta boshlagan davrlar.

Jurnalist Betti Fridan xotin-qizlar noroziligining sababini o’rganib, 1963-yilda "Ayol sir-sinoati" kitobida o’z xulosalarini qog’ozga tushiradi.

“1970-yillarda o’qiganman. Huquqni endi o’rganayotgan yillarim”, - deydi Stefani Ortoleva. U ko’zim ojiz ekan deb o’tirmadi, o’qidi. Tajribali, malakali advokat nomi bor hozir. Fridanning kitob AQShda inqilob yasadi, deydi u.

“Ayollarni faqat kimningdir ojizasi deb ko’rish, yasantirib boshqalarga ko’z-ko’z qilish keng odat edi. Xotin-qizlar jamiyatning to’laqonli, kuchli a’zosi bo’lishga haqli degan g’oyani olg’a surdi muallif”, - deydi Ortoleva.

Ortoleva o’zini feminist, erkak va ayol tengligi tarafdori. Turmush o’rtog’i Frak Della-Penna uni qo’llab-quvvatlaydi:

“Menga shuning uchun ko’ngil qo’ygan”.

“Ayollar va ularning huquqlari hurmat qilinishi kerak deb kelganman. O’zimning qizimga boshqa jamiyatni ravo ko’rmasdim”, - deydi Della-Penna.

Oxirgi yarim asrda ayollar harakati ancha ildamladi. Avval erkaklar hukmronlik qilgan sohalarda bugun xotin-qizlar erkin ishlayapti.

“Siyosatda rolimiz oshgan. Sog’liqni saqlash sohasida yutuqlar salmoqli. Iqtisodiy tenglik bobida ham olg’a qadam tashladik”, - deydi Ortoleva.

Lekin erkaklar bilan qiyoslaganda hali orqadamiz, deydi Syuzan Matay, AQSh Ayollar tashkiloti rahbari. Bu organga 1966-yilda asos solishda Betti Fridanning xizmati katta bo’lgan.

“Ko’p sohalarga kirib bordik, lekin tenglikka erishganimizcha yo’q”, - deydi Matay.

Oldinda hali hal qiluvchi janglar kutayapti.

“Politsiya ayollar jinsiy zo’rlangani haqidagi shikoyatlarni doim ham jiddiy qabul qilmaydi”, - deydi Matay.

Feminizm bugun yoshlar orasida avvalgiday kuchli qiziqish, ishtiyoq uyg’otmaydi. 23 yoshli talaba Katayun Kishining aytishicha, u va tengdoshlari o’zlarini feministlar deb hisoblamaydi. Lekin bugungi yutuqlar ana shu kurashning mahsuli ekanini biladi.

“Katta avlodning mehnati bilan bugun biz yoshlarga osonroq. Ular sa’y-hakarati bilan erishilgan bu ne’matlarga”, - deydi talaba.

Stefani Ortoleva nazarida yoshlarning qarashi feminizmga zarurat yo’q degani emas. Qo’shma Shtatlar va dunyoda hali yechimini kutayotgan muammolar talay:

“Hindistonda qizlarning xor qilib, zo’rlanishi, qator davlatlarda ayollarni majburiy ravishda bichib tashlash, ayniqsa, nogiron ayollarni bepusht qilib qo’yish kabi muammolar…”

Feminizm teng imkoniyat, teng huquq va teng burch demakdir. Ayol va erkak buni yaxshi tushunishi kerak, deydi Ortoleva.
  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG