2012-yil matbuot uchun og’ir kechdi. Dunyo bo’ylab 100 dan ziyod muxbir ishini bajarayotib halok bo’ldi. Birlashgan Millatlar Tashkiloti jurnalistlarni himoya qilish uchun maxsus dastur boshlamoqda.
2012-yil fevralida Suriyaning Hims shahridagi otishmada “Sunday Times” gazetasining taniqli muxbiri Mari Kolvin va fransuz jurnalisti Remi Oshli halok bo’ldi. Fotomuxbir Pol Konroy jarohatlandi. U bu haqda shunday xabar bergan edi:
“Biz qattiq hujumga duch keldik. Men oyog’imdan yaralandim. Hamkasbim Mari Kolvin halok bo’ldi, Remi ham nobud bo’ldi”.
O’sha hodisa 2012-yilning eng dahshatlilaridan biri edi. Lekin yagonasi emas. Dunyoning boshqa mamlakatlarida ham ko’plab jurnalistlarga hujumlar bo’ldi.
Britaniyaning Sheffild universiteti qoshidagi Matbuot erkinligi markazi xodimi Uilyam Xorslining aytishicha, jinoyatlar, korrupsiya va hokimiyatni suiiste’mol qilish hollari haqida xabar berayotgan jurnalistlarni yo’q qilishga qaratilgan qotilliklar soni yildan yilga ko’paymoqda. So’nggi ikki yilda esa Afrika shimoli, xususan Somali va Suriyadagi urushda jurnalistlar halok bo’ldi, deydi u.
BMT ma’lumotiga ko’ra, 2012-yilda 100 dan ziyod muxbir jurnalistik faoliyatini deb nobud bo’ldi. O’tgan yili Venadagi xalqaro anjumanda BMT jurnalistlar xavfsizligini ta’minlash va qotillarni javobgarlikka tortishga doir ish rejasini qabul qildi.
“Dunyo ahli shuni yaxshi anglashi lozimki, jurnalistlarni o’ldirish qonun ustuvorligini yemirish, jamiyatlarda barqarorlikni izdan chiqarish bilan tengdir,” - deydi Xorsli.
Oktabr oyida Bi-Bi-Sining Jurnalistika kollejida muxbirlarga qilinayotgan hujumlar mavzusida xalqaro simpozium o’tkazildi.
O’tgan yilning o’zida Somalida 20 muxbir o’ldirildi. Mamlakat jurnalistlari uyushmasi vakili Umar Farrux Usmon ayrim qotilliklar ayniqsa shafqatsiz bo’lganini aytadi.
“Ba’zi jurnalistlar o’q yeb halok bo’lgan. Boshqalarining jasadi esa kallasi kesilgan holda topilgan. Ilgari bunday hollar hech uchramasdi”.
Pokistonda matbuot toliblarga qarshi chiqib, jangarilarga nisbatan fikr bildirgan va buning uchun boshidan o’q yegan maktab o’quvchisi Malala Yusufzay yonini oldi. Endi esa bizga do’q-po’pisalar qilinyapti, deydi Geo TV televideniyesi muxbiri Hamid Mir.
“Tolibon Pokiston matbuotiga qarshi ochiq urush e’lon qildi. Chunki biz yosh qiz Malala Yusufzayni qo’llab-quvvatlayapmiz”.
Londonda chiqadigan “Sunday Times” gazetasi muharriri Bob Tayrer matbuotni himoya qiluvchi mukammal qonunlar kerak, deydi.
“Jurnalistni o’ldirish insoniyatga qarshi jinoyat bilan barobar bo’lishi kerak”.
Suriyada ishlayotgan amerikalik muxbir Jeyms Folini noyabr oyida qurollangan shaxslar o’g’irlab ketgan edi. Shundan beri uning dom-daragi yo’q. Bu esa jurnalistlarga tahdidlar jiddiylashayotganidan yana bir darak.