Hujjatsiz talabalar taqdiri/New York Dream Act

Your browser doesn’t support HTML5

Qo'shma Shtatlarda yashovchi millionlab noqonuniy immigrantlar orasida bu yerga yoshligida kelgan va amerikalik bolalardan hech farq qilmay katta bo'lganlar ko'p. Qo'lida biror rasmiy hujjati bo'lmasa-da, ayrim shtatlarda bu yigit-qizlar oliy o'quv yurtlarida o'qishi mumkin, ammo davlatdan yordam, moliya so'ray olmaydi. Nyu-York shtatida talabalar va ayrim siyosatchilar vaziyatni o'zgartirishga harakat qilmoqda.