AQShda islomga qarshi targ'ibot olib borayotganlar kim? US Islamophobia

Your browser doesn’t support HTML5

Yaqinda internetga qo'yilgan va musulmon olamini oyoqqa turg'izgan video Amerikada 2001-yilning 11-sentabr voqealari ketidan musulmonlarga qarshi propaganda olib borayotgan kichik bir guruh qarashlarini aks ettiradi. Qo'shma Shtatlar nasroniy davlat sifatida ayniqsa islomga qarshi turishi kerak, deydi bu to'da a'zolari. Aksariyat amerikaliklar bunday fikrni qoralaydi.