Breaking News

Vitse-prezidentlik uchun kurash: Bayden yoki Rayan? Tashqi siyosat qanday bo'ladi?


11-oktabr kuni Kentuki shtatining Denvil shahridagi ilm maskanida omma va millionlab teletomoshabinlar oldida yuzma-yuz bahslashgan Bayden va Rayan ham ichki, ham tashqi siyosat bilan bog'liq savolllarga javob berdi.
11-oktabr kuni Kentuki shtatining Denvil shahridagi ilm maskanida omma va millionlab teletomoshabinlar oldida yuzma-yuz bahslashgan Bayden va Rayan ham ichki, ham tashqi siyosat bilan bog'liq savolllarga javob berdi.
69 yoshli Jo Bayden 40 yillik siyosiy tajribaga ega. 42 yoshli Pol Rayan 13 yildan beri Kongress a'zosi. Bayden, liberal demokrat. Rayan, konservativ respublikachi.

Oq Uyga qayta saylanishga bel bog'lagan amaldagi prezident Barak Obama Jo Bayden o'rinbosarlik lavozimida qolishini istaydi. Uning xizmatidan men ham, Amerika xalqi ham rozi, deydi u.

Obamaning raqibi Mitt Romni esa vise-prezidentlik uchun Pol Rayanni tanlagan. Uning fikricha, Rayan har jihatdan respublikachilar yulduzi, Amerikani u bilan yonma-yon to'g'ri yo'ldan olib borishga qodir arbob.

11-oktabr kuni Kentuki shtatining Denvil shahridagi ilm maskanida omma va millionlab teletomoshabinlar oldida yuzma-yuz bahslashgan Bayden va Rayan ham ichki, ham tashqi siyosat bilan bog'liq savolllarga javob berdi.

Vitse-prezidentlik uchun kurash: Bayden yoki Rayan? Navbahor Imamova
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:06:50 0:00
Yuklab oling

Liviyada Amerika diplomatlariga hujum qilingani terrorizm deya ta'riflanmoqda. Razvedka xizmati qayerda edi?

Bayden: Xuruj - fojia. Biz uni izchil tekshirmay turib, biror xulosaga bormaymiz. Terror xuruji sodir etilganini aniqlash, isbot-dalil to'plash uchun vaqt kerak edi. Javobgar shaxslar jazosini oladi. Obama ma'muriyati uchun davlat xavfsizligi - oliy masala.

Rayan: Xuruj Obama ma'muriyati layoqatsiz ekanini isbotladi. Ular Amerika fuqarolarini, diplomatlarini himoya qila olmadi.

Obama harbiylar Qur'onni yoqqani uchun musulmon ahlidan kechirim so'raganini Mitt Romni katta xato deb atadi, nima uchun?

Rayan: Prezident Amerika qadriyatlari uchun boshqalardan kechirim so'ramasligi kerak. Oldin qanday jinoyat sodir etilgani aniqlanishi, keyin agar haqiqatan bizning odamlar aybdor bo'lsa, uzr so'rash mumkin.

Eronga nisbatan qanday chora ko'rish kerak?

Rayan: Obama ma'muriyati ishni eplolmayapti. Bu davlat uranni boyitayapti, biz esa xalqaro hamjamiyat bilan ishlaymiz deb vaqtni boy berayapmiz. Sanksiyalar, cheklovlar, bayonot va chaqiriqlardan foyda yo'q. Obama Isroil xavf ostida ekanini ko'rib turibdi, ammo bu davlatni quvvatlamayapti. Eron Isroilni yo'q qilish kerak deb kelayapti. Eron- dunyoda terrorizmning eng yirik homiysi. U atom quroliga ega bo'lsa, bu global xavf.

Bayden: Amerika xalqaro hamjamiyat bilan ishlashi kerak. Shoshmay harakat qilish kerak. Eronga atom quroliga ega bo'lishi uchun yo'l bermaymiz. Faktlar juda muhim. Qo'limizda biror aniq ma'lumot bo'lsa, qarab turmaymiz. Agar respublikachilar urush boshlashni xohlasa, buni ochiq tan olishsin va Amerika xalqini ishontirsin.

Iqtisodiyot hamon zaif. Uni kuchaytirish uchun nima qilmoqchisiz?

Bayden: Obama ma'muriyati iqtisodiyotimizni yaxshilash uchun qo'ldan kelgan barcha harakatni qilmoqda. To'rt yil oldin hokimiyatga kelganimizda, butun tizim jar yoqasida edi. Bugun ancha oyoqqa turib oldik. Ishsizlik hamon keng, lekin biz astalik bilan yangi mehnat o'rinlari yaratayapmiz. Iqtisodiy o'sish sust, lekin bor. Iqtisodni mustahkamlash uchun vaqt kerak. Yangi sohalarga asos solayapmiz. Xususiy sektorga imtiyozlar berib, ularning o'sishi uchun yordamlashayapmiz.

Rayan: Ishsizlik ko'plab shahar va qishloqlarda kengaysa kengayayaptiki, pasaymayapti. Bu degani iqtisodiy o'sish yo'q. Obama ma'muriyati xususiy bizneslar ustidan nazoratni kuchaytirib, amerikaliklarni imkoniyatlardan ayirmoqda. Mitt Romni bizneslar uchun imtiyozlarni oshiradi. Iqtisodiy taraqqiyot kaliti xususiy sektorda.

Ijtimoiy himoyani yaxshilash uchun nima qilmoqchisiz?

Rayan: Amaldagi dasturlar inqiroz tomon ketmoqda. Ularni isloh qilish kerak. Balki tubdan yangilash kerak. Ammo Obama ma'muriyati boshlagan islohotlar, jumladan sog'liqni saqlash sohasidagi o'zgarishlar xalqimizga juda qimmatga tushadi. Buning ustiga fuqarolarni tibbiy sug'urta sotib olishga majbur qila olmaysiz. Obama esa odamlardan shuni talab qilmoqda. Sog'lig'i bilan nima qilishni amerikaliklarning o'zi hal qilsin.

Bayden: Pensionerlar, nafaqaxo'rlar, imkoniyati cheklangan shaxslar, hukumat sizga yordamni kamaytirmasligi kerak. Obama ma'muriyati boshlagan islohotlar ijtimoiy himoyani mustahkamlashni, uning samarasini oshirishni, chetda qolib ketgan, yordamga muhtoj fuqarolarning boshini silashni maqsad qiladi. Kasal odam davolana olishi kerak. Tibbiy sug'urtaga qurbi yetmasa, hukumat yordam beradi. Islohot shundan iborat.

Kim ko'proq soliq to'lashi kerak, kim kamroq?

Bayden: O'rtahol amerikaliklar kamroq, yillik daromadi 250 ming dollardan oshadigan amerikaliklar va millionerlar ko'proq soliq to'lashi kerak. Hozir, Bush davrida qabul qilingan qonunlar sharofati bilan, boylar kamroq, kambag'allar ko'proq soliq to'laydi. Buni o'zgartiramiz.

Rayan: Hech kim ko'proq soliq to'lamasligi kerak. Boylar boyisin, nimasi yomon buning? Ular sarmoya qilsa, ishsizlar kamayadi. Xususiy sektor, biznes egalarini siqmang, ular iqtisodiyotni ko'tarib turibdi. Soliqlarni iloji boricha hamma uchun kamaytirish kerak. Obama taklif qilayotgan soliq siyosatidan kichik bizneslar ulkan zarar ko'radi.

Mudofaa xarajatlarini kamaytirish to'g'rimi?

Bayden: Albatta, Pentagonning o'zi byudjetni kamaytirishga rozi, chunki ular ayrim sohalar eskirgani, mudofaa tizimiga endi kerak bo'lmagan programmalarni bekor qilish lozimligini tan oladi.

Rayan: Mudofaa xarajatlarini zinhor kamaytirmasligimiz kerak. Aksincha, oshirish kerak.

Afg'onistonda nima qilmoq zarur?

Rayan: 2014-yilning oxirigacha bu davlatni tark etish kerak. Obama ma'muriyati bilan bu borada bir fikrdamiz. Lekin afg'on xalqi o'zini eplay olmaydi. Yordamni, e'tiborni pasaytirmaslik kerak. Bu degani harbiy tayyorgarlikni kuchaytirish kerak. Qo'mondonlarimiz nima so'rasa, berish kerak. Ishni oxirigacha yetkazmay chiqish yaramaydi.

Bayden: Amerika 2014-yilda Afg'onistondan chiqadi. Bu xalqqa har jihatdan yordam berishda davom etamiz, lekin o'z tinchligini bu xalq o'zi ta'minlashi kerak. Askarlarimiz astalik bilan chiqa boshlagan. Bu jarayon davom etadi. Qo'mondonlarimizning o'zi
bu ma'qul degan va deyishda davom etmoqda. Afg'onistonni bosib olishdan asosiy maqsad Tolibon va Al-Qoidaga zarba berish, ularni yer tishlatish edi. Osama bin Laden, terrorizm yetakchisini, o'ldirdik. Terroristlar bugun avvalgidek kuchga ega emas. Xurujlar bo'lib turibdi, lekin afg'onlar ulardan o'zini o'zi himoya qilishi kerak.

Suriya masalasini qanday hal qilasiz?

Bayden:
Amerika, hozirgidek, xalqaro hamjamiyat bilan kelishib yo'l tutishi kerak. Bashar al-Assad, Suriya rahbari, hokimiyatni bo'shatishi kerak va biz dunyo ahli bilan hamkorlikda undan shuni talab qilayapmiz. Lekin Amerika harbiylari bu mojaroga aralashmaydi. Bashar al-Assadga qarshi kurashayotgan muxolif kuchlarni quvvatlayapmiz.

Rayan: Biz urush qilaylik demayapmiz, lekin AQSh BMT doirasida ishlayman deb qudratini boy bermoqda. Rossiyadek yovuz tuzumlar bundan foydalanib, Suriyani himoya qilmoqda. Xalqaro kelishuvlar ketidan chopib, vaqtni boy berayapmiz. Suriyaliklar halok bo'lmoqda, biz qarab o'tiribmiz. BMT orqali harakat qilmay, butun yetakchilikni o'zimiz qo'lga olishimiz kerak. Suriya muxolifatini quvvatlash kerak. AQSh davlat xavfsizligiga tahdid deb qaralsa, o'sha vaziyatga aralashishga majburmiz.

Din jamiyatimizda qanday rol o'ynashi kerak?

Rayan:
Din va e'tiqod hayotimizning ajralmas qizmi. E'tiqod, iymon insonni mehr-shafqatli qiladi. Din hayotni qadrlashga o'rgatadi. Shu bois abortga qarshiman, chunki embrion hayot boshlanganidan dalolat. Obama ma'muriyati bunga qarshi pozitsiyada. Ular abortni targ'ib qilmoqda.

69 yoshli Jo Bayden 40 yillik siyosiy tajribaga ega. 42 yoshli Pol Rayan 13 yildan beri Kongress a'zosi. Bayden, liberal demokrat. Rayan, konservativ respublikachi.
69 yoshli Jo Bayden 40 yillik siyosiy tajribaga ega. 42 yoshli Pol Rayan 13 yildan beri Kongress a'zosi. Bayden, liberal demokrat. Rayan, konservativ respublikachi.
Bayden: Men ham Rayan singari katolikman. Din - men uchun muqaddas narsa. E'tiqodim meni to'g'ri yo'lga boshlab kelgan. Men shaxsan abortga qarshiman, ammo boshqalar o'z erkinligiga ega. Kimdir abortni maq'ul ko'rsa, davlat ularni majburlamasligi kerak.

Siyosiy kampaniya va reklamalar juda salbiy. Davlat ravnaqiga urg'u bermay, bir-biringizga tosh otish bilan bandsiz. Ko'plab amerikaliklar bu sharmandalik deydi. Uyalmaysizmi ular oldida?
Obama va Romni
Obama va Romni

Bayden: Obama ma'muriyati kelajak haqida ijobiy fikrda va umid ulashishda davom etadi. O'rtahol amerikaliklarga g'amxo'rlik qilish - asosiy burchimiz. Biz davlatimizni yorug'lik sari, farovon hayot sari yetaklashda davom etamiz. Xalqqa xizmat qilish imkoniyati uchun kurashayapmiz. Hokimiyatga kelganimizda, yurtimiz juda og'ir ahvolda edi. Bugun ancha siljidik. Respublikachilar buni tan olishi kerak. Kimga ovoz berishni amerikaliklarning o'zi hal qiladi.

Rayan: Salbiylikda Obama ma'muriyati aybdor. Chunki bu va'daboz, safsataboz rahbariyat. Bizni yorug'lik tomon yetaklash uchun Obamada konkret reja yo'q. 23 million amerikalik ishsiz, 15 million amerikalik kambag'al. Mitt Romni xizmatga tayyor.

Debatni original holida mana bu yerda tomosha qilish mumkin:

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Shu mavzuda

XS
SM
MD
LG