Inson huquqlari-O'zbekiston-Qozog'iston-HRW-Navbahor Imamova

Your browser doesn’t support HTML5

Global miqyosda inson huquqlarini himoya qilib tanilgan “Human Rights Watch” tashkilotidan biror hukumat rozi emas. “Chunki biz barcha davlatlarni tanqid qilib, ularning siyosatini savolga tutamiz”, - deydi Stiv Sverdlov, Markaziy Osiyo bo’yicha vakil. Huquq va erkinlik kuychisi bo’lmish Amerikaning siyosati ham, xususan Guantanamo qamog’i, u va boshqa turmalardagi qiynoqlar, keskin qoralanadi. Markaziy Osiyoga kelganda, deya bildiradi tashkilot ekspertlari, ikki yirik jamiyat  - O’zbekiston va Qozog’istonda huquqbuzarlik tabiiy hol.