Yoshlarga Suriyada nima bor? Qirg'izistondan lavha

Your browser doesn’t support HTML5

Qirg’izistonning O’sh viloyatida Suriyadagi jangovar harakatlarda qatnashgani gumon qilinayotgan fuqaro qo’lga olingan. Militsiyaning aytishicha, u yetti oy mobaynida terroristik guruh safida urushgan va yaqinda Qirg’izistonga qaytgan. Avvalroq mahalliy matbuot Qirgiziston janubidan kamida 50 odam Suriya muxolifati safida ekanini taxmin qilgan edi. Savol tug’iladi - ular Suriyada nima izlaydi? “Amerika ovozi” mulozimlar va dinshunoslar fikrini o’rgandi.