AQSh Davlat kotibi o’rinbosari Devid Xill Afg’oniston rahbari Muhammad Ashraf G’ani bilan telefonda gaplashib, Amerika rasmiylari uning milliy xavfsizlik bo'yicha maslahatchisi Hamdulla Muhib bilan ishlashni istamayotganini bildirgan. Xill fikricha, Muhib ishidan olinishi kerak.
Muhib AQSh maxsus vakili Zalmay Halilzodning Tolibon bilan muzokaralarini tanqid qilgan.
“Halilzod Afg’onistonda vaqtinchalik hukumat tuzib o’zi siyosiy qudratni
egallamoqchi”,- degan maslahatchi.
Muhib afg’on hukumati muzokaralarda qolayotgani, Halilzod hukumatga bu haqda hech nima demayotganini aytgan.
AQSh Davlat departaminti Muhibning bayonotlaridan norozi.
“Halilzodga hujum, AQSh tashqi ishlar vazirligiga hujum”,- deyiladi Qo’shma
Shtatlarning Kobuldagi elchixonasi bayonotida.
AQShda safarda bo’lgan Davlat departamintiga chaqirilgan. Unga aytgan so’zlarini rad etishi lozimligi uqtirilgan.
Kobul ushbu rasmiysining so’zlari haqida og’iz ochmayapti.
Lekin Bosh vazir Abdulla Abdulla tashqi siyosat haqida gapirilayotganda milliy
manfaat inobatga olinishi zarur deb hisoblaydi.
Abdulla nazarida Muhibning so’zlari uning shaxsiy fikri.
“AQSh va afg’on hukumati o’rtasida ishon bor”, - deydi Abdulla.
Prezident G’ani ham AQShning Afg’oniston bilan hamkorligi va do’stligiga shubha qilmaslik kerak, deydi.
Afg’oniston tinchlik oliy kengashi esa bunday tushunmovchiliklar tinchlik
muzokarlariga salbiy tas’ir qilmaydi, deya xulosa qilmoqda.
Bir necha oydirki, Halilzod Tolibon vakillari bilan muloqotda. Uchrashuvlardan mamnun. Lekin nima haqda gap ketmoqda? Kobul rasmiylariga bu qorong'i. Bugungi taranglik shu bilan bog'liq.