"Super seshanba": Kim yutdi?

Jo Bayden "super seshanba' g'olibi

3-mart kuni AQShning 14 shtatida saylovlar o'tdi. Unda Oq uyga intilayotgan demokratlar saralandi. Sobiq vitse-prezident Jo Bayden oldinda ketmoqda.

Bayden to’qqiz shtatda yutgani aniq. Berni Sanders ona shtati Vermont, Kolorado, Yuta va Kaliforniyada ustun kelgan.

Qora tanli saylovchilar asosan Bayden tomonda ekani ma'lum. Bugungi saylovlarda ham bu yaqqol sezilgan. 19 foizi Sanders, 11 foizi esa Blumbergga shunday qaraydi.

So'rovlarda respondentlarning 60 foizga yaqini Bayden noyabrda o'tadigan prezidentlik saylovida Donald Trampni yuta oladi, deya ishonch bildirgan.

O'nlab da'vogarlar bilan boshlangan poygadan chiqqanlarning aksariyati Baydenni quvvatlaydi.

Your browser doesn’t support HTML5

AQSh saylovlarida "Super seshanba" nimasi bilan muhim?

Demokratlardan prezidentlikka nomzod deya tanlanadigan odam saralash jarayonida 1991 delegat ovozini olishi kerak. Sanders bu borada yetakchilik qilmoqda.

Blumberg, qolaversa Elizabet Uorren poygadan chiqmoqchi emas. Blumberg texnik va moliyaviy jihatdan baquvvat, Uorren esa yagona ayol da'vogar.

Prezident Tramp esa har qanday demokrat nomzod bilan kurashga tayyor ekanini aytmoqda. U qayta saylanishiga ishonadi.